Qiyomat kunida bandalar xavf va umid, og‘riq va orzu o‘rtasida bitta nola ila: “Allohim! Salomatlik nasib et. Omonlik ber”, deya turadi. Ana o‘sha mahal yutganlar va yutqizganlarning nomlari e’lon qilinadi: «...Bas, (o‘sha kuni) kim do‘zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) yutuqqa ega bo‘libdi...»[1]. Yutgan odam jannat ila siylanadi.
Mo‘minlar jannat anhorlarining qirg‘oqlaridagi marjon va yoqutlardan bo‘lgan chodirlarga qaraydi va baland qasrni ko‘radi. Uning atrofi ko‘p, hech tugamas mevalar bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Shuncha ne’matlar ichida yasanib olgan kelin ko‘yoviga qarab turadi: «U (jannat)larda shunday ko‘zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (hur qiz)lar borki, ularga ilgari na bir ins va na bir jin tegingandir»[2].
Bordi-yu, ulardan biri dunyoga tushib qolgudek bo‘lsa, osmonlaru yerning orasi xushbo‘y hidga to‘lib ketadi. Ular o‘ta go‘zal... Abadiy... Yoqutday yalt-yalt etadilar...
Ularga xushxabar berilib: “Keling, bu sizning qasringiz. Juftingiz dunyodalik paytingizdan beri sizga intizor”, deyishadi va shu on u mo‘minga eng chiroyli kiyimlardagi kelin o‘girilib qaraydi...
Jannatdagilar oqib turgan anhorlarni ko‘rishadi. Bu anhorlar asalday totli, musaffo bo‘ladi. Ichgan odam yayraydi.
Ibn Rajab shunday deydi: «Huru ’iynlar asal daryosi bo‘yida yonboshlab yotgan mo‘minga bunday deyishadi: “Allohim suygan zot, meni Alloh qachon sizga turmushga berganini bilasizmi?”. Mo‘min: “Bilmasman!” – deydi. “Siz jazirama kunda chanqab ro‘za tutayotganingizda Alloh sizga nazar qildi. Farishtalar sizdan haybatlanib ketishdi. Va Alloh aytdi: “Ey farishtalarim, bu bandamga qaranglar! Ko‘ngli tusagan narsalarni, lazzatlarni, ovqatu ichimliklarini mening huzurimdagi narsaga ishtiyoqmand bo‘lib tark etdi. Sizlar guvoh bo‘linglar, Men uni kechirdim”, dedi. Keyin ana o‘sha kuni meni sizga juft qilib berdi”, deydi».
Bir jufti ro‘za tutgani uchun, boshqasi Allohdan qo‘rqqani uchun... Qur’on tilovati bilan o‘tganlar uchun ham ularning juftlari yasanib turishadi. Bomdodni doim o‘quvchilarniki ham... Katta gunohlardan tiyiladigan va fahsh ishlardan chetda bo‘ladigan, sahar paytlari istig‘for aytadiganlarning juftlari ham hozir... Siddiqlar va shahidlarga alohida kelinlar bezatilgan... Husni xulqli, g‘azabini bosadiganlarga ham alohida juftlar... Qaysi birimiz bu kelinlar, bu juftlardan bosh tortamiz?!
Sharafini zino ila toptaydigan kishilar bundan mahrumdir. Dunyoda Allohga urush ochib, fahsh ishlarga berilgan kishilar bundan mahrumdir. Keraksiz narsalarga vaqtini sarflagan, fisqu fasod bilan kunlarini o‘tkazgan, tunlari g‘aflat uyqusida bo‘lganlar bundan mahrumdirlar.
Huru ’iynlarni yolg‘onu o‘tkinchi, kayfu safo va lazzatlarga almashayotgan kishilarni kim deb atagan bo‘lar edingiz?!
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh, Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.
[1] Oli Imron surasi, 185-oyat.
[2] Ar-Rohman surasi, 56-oyat.
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Anons
01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi
01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari
03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda
04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda
06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi
07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid
08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov