1. Uydan “bismilloh” ni aytib chiqish.
Ummu Salama roziyallohu anha aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening uyimdan tongda chiqar ekanlar, nigohlarini osmonga qaratib, quyidagi duoni qilar edilar:
بِسمِ اللهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللهِ وَلا حَولَ وَلا قُوَّةَ إلاَّ باللهِ.
“Bismillahi tavakkaltu ’alallohi va laa havla va laa quvvata illa billahi”
“Allohning ismi ila, Allohga tavakkul qildim. Kuch va quvvat faqatgina Allohdandir”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kimki uydan chiqayotganida: “Allohning nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. O‘zgartirish ham, quvvat ham faqat Alloh ila bo‘lur”, desa, o‘sha paytda unga “Hidoyat qilinding, kifoya qilinding, himoya qilinding”, deyiladi. Shayton undan chetlanadi. Boshqa bir shayton unga (birinchi shaytonga): “Hidoyat qilingan, kifoya qilingan, himoya qilingan kishiga holing ne”, deydi. (Imom Abu Dovud rivoyati).
2. Uydan chiqishda duo qilish.
اللهُمَ إني أعُوذُ بِكَ أن أَضلَّ أوْ أُضَلَّ أَوْ أزلَّ أو أُزلَّ أوْ أظلِم أوْ أُظْلَم أوْ أَجْهَلَ أوْ يُجْهَلَ عَلَيَّ
“Allohumma inniy a’uzu bika an adzilla av udzalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala a’layya”
“Allohim! Men Sendan adashishdan va adashtirishdan, toyilishdan va toydirishdan, zulm qilishdan va zulmga qolishdan, johillik qilishdan va johillikka yo‘liqishdan panoh so‘rayman”.
3. Ulovga minayotganda.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulovga minayotganlarida Qur’oni karimdagi ushbu oyatni o‘qirdilar:
﴿سُبْحَانَ الَّذِي سَخَّرَ لَنَا هَذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِنِينَ وَإِنَّا إِلَى رَبِّنَا لَمُنْقَلِبُونَ﴾
“Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn. Va inna ila Robbina lamunqolibun”
“Bizlarga bu (ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan zotga tasbeh aytamiz. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Albatta, bizlar (barchamiz) Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchidirmiz” (Zuhruf surasi, 13-14 – oyatlar).
Davron NURMUHAMMAD
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Anons
01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi
01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari
03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda
04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda
06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi
07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid
08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov