Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Dunyodagi eng kichik Qur'on namoyish etildi

21.02.2024   3148   2 min.
Dunyodagi eng kichik Qur'on namoyish etildi

 Shu kunlarda Eronda o'tkazilayotgan Halqaro Qur'oni karim musobaqasining beshinchi kunida dunyodagi eng kichik bosma Qur'on taqdimoti bo'lib o'tdi.

“IQNA” sayti ma'lumotiga ko'ra, 40-xalqaro Qur'on musobaqasining so'nggi kunida Eronda bundan 150-200 yil avval bosilgan eng kichik bosma Qur'on ham taqdim etildi.

Ushbu Qur'on sohibi Oqil Rofiiy Eronda o'tkazilayotgan Halqaro Qur'on musobaqasining to'rtinchi kuni arafasida “IQNA” saytiga bergan interv'yusida bunday dedi: “Men bu Qur'onni otamdan taxminan 20 yil avval sovg'a sifatida olganman. Bu kitobni otam ham amakisidan olgan”.

Qarindoshlarimizning hammasi ulamo bo'lgani va qadimiy tilda  “mulla” atamasini ishlatib, o'tmishda mullalar Qur'onni biladiganlar bo'lgan, – dedi Rofi'iy.

 Rofi'iy yana bunday izoh berdi: “Bu Qur'on menga bir necha avlodlar oldin kelgan va men unga qariyb yigirma yildan beri g'amxo'rlik qilaman.  Mutaxassislarning fikricha, bu Qur'on 150 yoshda. Eshitilganlarga ko'ra, bu kitobning 10 ta nusxasi Misrda chop etilgan va hozirda Qur'onning yagona nusxasi ommaga e'lon qilinadigan nusxadir”.

  Bu Qur'onning saqlanish holati haqida bunday dedi: “Bu Qur'on qadim zamonlardan beri kumush metal qutida saqlangan, uning o'z holatini saqlagani va sahifalarining butunligicha qolishi sabablaridan biri, lekin bu Qur'onning muqovasi mavjud emas. Ushbu Qur'onni muzeyga hadya qilmoqchimisiz, degan savolga Rofi'iy: “Men bu Qur'onni asrash vazifasini davom ettirishga qaror qildim”, deb javob berdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi

 Ilyosxon AHMYeDOV tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bir marta "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa...

30.06.2025   8461   2 min.
Bir marta

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


O‘lim bir eshik. Barcha insonlar undan o‘tadi. Eh koshki, bu eshikka kirgandan keyin mening uyim qanaqaligi ma’lum bo‘lsa?!

Birodar! Qarang, qabrdagilar bir-birlariga juda yaqin yotishibdi. Lekin ular sirtdan yaqin qo‘shni. Aslida esa, bir-birlarining yoniga ham bora olmaydilar.

Usmon roziyallohu anhu qachon qabr yonidan o‘tsalar, shu darajada yig‘lar edilarki, soqollari ko‘z yoshlaridan ho‘l bo‘lib ketardi.

U kishidan: "Siz nega jannat va do‘zaxni esga olganingizda yig‘lamaysiz. Lekin qabrni ko‘rib yig‘laysiz?" deb so‘rashdi. U kishi shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qabr oxiratning ilk manzilidir", deganlar. Shunga ko‘ra, agar mayyit qabrdagi azobdan najot topsa, undan keyingi hayot oson bo‘ladi. Agar qabrdagi azobdan najot topa olmasa, u holda undan keyingi hayot qiyin bo‘ladi.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Men qabrdan ko‘ra daxshatliroq biror manzarani ko‘rmadim", deganlar.

Biz uchun bu qabrlarda ibrat yo‘qmi? Qarang, boy ham, faqir ham, zo‘ravon ham, kuchsiz ham, oq tanli ham, qora tanli ham, podshoh ham, fuqaro ham barcha barobar yotibdi. Ular dunyoga qaytishni xohlaydilar. Boylik jamlash yoki qasr qurish uchun emas, balki, koshki men bir namoz o‘qish uchun muhlat topsam, koshki bizga bir martagina "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa, deb, shu amallarni qilish uchun dunyoga qaytishni xohlaydilar. Lekin endi iloji yo‘q. Nomai a’mol yopilib bo‘ldi. Ruh jismdan chiqqan. Hayot muhlati tugab bo‘lgan. Endi har bir mayyit o‘z amalining garovi o‘laroq qabrida yotibdi...

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan