Shu kunlarda Eronda o'tkazilayotgan Halqaro Qur'oni karim musobaqasining beshinchi kunida dunyodagi eng kichik bosma Qur'on taqdimoti bo'lib o'tdi.
“IQNA” sayti ma'lumotiga ko'ra, 40-xalqaro Qur'on musobaqasining so'nggi kunida Eronda bundan 150-200 yil avval bosilgan eng kichik bosma Qur'on ham taqdim etildi.
Ushbu Qur'on sohibi Oqil Rofiiy Eronda o'tkazilayotgan Halqaro Qur'on musobaqasining to'rtinchi kuni arafasida “IQNA” saytiga bergan interv'yusida bunday dedi: “Men bu Qur'onni otamdan taxminan 20 yil avval sovg'a sifatida olganman. Bu kitobni otam ham amakisidan olgan”.
Qarindoshlarimizning hammasi ulamo bo'lgani va qadimiy tilda “mulla” atamasini ishlatib, o'tmishda mullalar Qur'onni biladiganlar bo'lgan, – dedi Rofi'iy.
Rofi'iy yana bunday izoh berdi: “Bu Qur'on menga bir necha avlodlar oldin kelgan va men unga qariyb yigirma yildan beri g'amxo'rlik qilaman. Mutaxassislarning fikricha, bu Qur'on 150 yoshda. Eshitilganlarga ko'ra, bu kitobning 10 ta nusxasi Misrda chop etilgan va hozirda Qur'onning yagona nusxasi ommaga e'lon qilinadigan nusxadir”.
Bu Qur'onning saqlanish holati haqida bunday dedi: “Bu Qur'on qadim zamonlardan beri kumush metal qutida saqlangan, uning o'z holatini saqlagani va sahifalarining butunligicha qolishi sabablaridan biri, lekin bu Qur'onning muqovasi mavjud emas. Ushbu Qur'onni muzeyga hadya qilmoqchimisiz, degan savolga Rofi'iy: “Men bu Qur'onni asrash vazifasini davom ettirishga qaror qildim”, deb javob berdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi
Ilyosxon AHMYeDOV tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026-2027 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining 5-hudud (Buxoro viloyati) bo‘yicha imtihon jarayonlari Mir Arab oliy madrasasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur hudud bo‘yicha diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan 657 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi.
Imtihonlarning shaffofligi, adolatliligi hamda tartib-intizomini ta’minlash maqsadida jarayonlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, pedagog-o‘qituvchilar hamda ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etildi.
Test sinovlari boshlanishidan oldin abituriyentlarga imtihon topshirish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Barcha jarayonlar belgilangan talab va qoidalarga muvofiq, yuqori darajada tashkil etildi.
Tashkilotchilar test jarayonlarining shaffof va tartibli o‘tishiga yaqindan ko‘maklashgan Buxoro shahar ichki ishlar organi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda diniy ta’lim muassasalari vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati