Aslida inson nafsiga o‘zini beadablarcha tutishlik xosdir. Shuning uchun ham u bandaga buyurilgan axloqiy me’yorlarning rioyasiga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Nafs – insonning ajralmas dushmani. Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar: “Eng qattol dushmaningiz, ikki tomoningiz orasidagi nafsingizdir” (G‘azzoliy Muhammad Abu Homid, “Ihyo ulumid –din”, Ajluniy, “Kashful hafa”, Alouddin Ali ibn Muhammad al-Hazin, Ibn Odilning “Tafsiri Lubob” kitobida shunga o‘xshash ma’noda kelgan).
Shu sababdan ham kimki o‘z nafsining xohishlariga, hoyu havaslariga erk bersa, o‘zini halok qilishda nafsiga sherik bo‘ladi. Bu haqiqatni yaxshi bilgan taqvodorlar har bir gunoh, loqaydlik, shirk[1], hoyu havasning asosi o‘z nafsidan mamnun bo‘lishlikdan va har qanday toat, ogohlik va haromlardan tiyilishning asosi esa o‘z nafsidan rozi bo‘lmaslikdan kelib chiqishini uqtirib o‘tganlar.
Allohning lutfu ehsoniga umid bog‘lab qilingan kichkina amal o‘ziga ishonib bajarilgan ko‘p (katta) ishdan afzaldir.
O‘z nafsining asl mohiyatini bilib olgan aqlli inson uning qanchalik past, xoru zalil, ojiz va halok bo‘lishga mahkum ekanligini anglashi barobarida o‘zini yaratgan Xoliqini Izzat, Baqo, Qudrat, Azamat va Ulug‘ sifatlari bilan taniy boshlaydi. Chunki U o‘sha nafsni yaratgan va uni yo‘qdan bor qilgan Parvardigordir.
Alloh o‘z avliyolariga marhamat qilib, ularni O‘ziga yaqin kelishga da’vat etar ekan, ular uchun eng qisqa va eng qulay yo‘lni ham ko‘rsatdi. Bu yo‘l esa nafsga qarshi borish yo‘lidir.
Alloh sevikli bandalaridan birining tushida shunday marhamat qiladi: “O‘z nafsingga adovat qil, chunki Mening saltanatimda undan boshqa Men bilan tortishadigan yaratiq yo‘qdir”.
Nafs har doim Alloh taoloning kibr, buyuklik va odamlar ustidan hukmronlik kabi sifatlarini egallashga intilib keladi. Vaholanki, bunday sifatlar faqat Alloh taoloning o‘zigagina xosdir. Alloh O‘ziga noloyiq barcha qusur va nuqsonlardan pokdir!
“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.
[1] Shirk ikki xil bo‘ladi — katta va kichik shirk. Katta shirk – Allohga o‘rtoq, sherik qo‘shish. Kichik shirk – ibodat va faoliyatni Alloh (rizoligi) uchun emas, balki ta’ma yoki g‘araz bilan, yo xo‘jakursinga ado etishni anglatadi.
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Anons
01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi
01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari
03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda
04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda
06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi
07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid
08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov