Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Sentabr, 2026   |   16 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:57
Quyosh
06:15
Peshin
12:14
Asr
16:25
Shom
18:16
Xufton
19:31
Bismillah
27 Sentabr, 2026, 16 Rabi`us soni, 1448

Insoniy nafsning darajalari

15.09.2025   13421   1 min.
Insoniy nafsning darajalari

Inson nafsi doimo o‘zgarib turadi. Nafs Allohga yaqin yoki uzoqligiga qarab beshta darajaga ajraladi.

Birinchi daraja – nafsi ammora (yomonlikka buyuruvchi nafs)dir. U har doim egasini gunohga, loqaydlikka undaydi. Bunday nafs haqida so‘fiylar janobi va imomi Junayd Bag‘dodiy quddisa sirrahu hazratlari marhamat etadilar: “Nafsi ammora ruhiy halokatga chaqiradi va insonning dushmanlariga xizmat qiladi”.

Bu yerda Junayd Bag‘dodiy quddisa sirrahu dushman deganda Odam farzandlariga dunyoviy hayot va gunoh ishlarni jozibali qilib ko‘rsatuvchi shaytonni nazarda tutganlar.


Ikkinchi daraja – nafsi lavvoma (malomat etuvchi nafs)dir. Bu darajadagi nafs o‘z sohibini sodir etgan gunohlari uchun yomonlab, ta’na-malomat qiladi.


Uchinchi daraja – nafsi mulhima (ruhlantiruvchi, ilhomlantiruvchi)dir. Bu darajadagi nafs o‘z sohibini xayrga ishontirib, yaxshilik qilishga chaqiradi.


To‘rtinchi daraja – nafsi roziya (rozi bo‘lgan nafs)dir. Bu darajadagi nafs Allohning hokimiyati va Uning hukmlaridan rozi bo‘lgan nafsdir. Bu nafs Allohga batamom itoat etuvchi, Alloh u uchun nimani ixtiyor etgan bo‘lsa, barchasini qabul qilguvchidir.


Beshinchi daraja – nafsi marziya (Alloh rozi bo‘lgan, maqbul nafs)dir. Bu barchadan kuchli va qudrati cheksiz Allohning lutfi va rizosiga sazovor bo‘lgan nafsdir. Murid bu darajalarga erishish bilan Buyuk Qudrat sohibi Allohni haqiqiy anglash yo‘liga birinchi qadamni qo‘yishga muyassar bo‘ladi.


“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

 

Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (25.09.2026)

26.09.2026   28307   1 min.

#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha

00:00 Anons

01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi

01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari

03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar

04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda

04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda

06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan

06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi

07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid

08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv

08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
 
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.

#yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov
 

VIDEO