Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda

18.09.2025   9275   2 min.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Malayziyaga tashrif davomida, bevosita ushbu davlatning prezidenti bilan muloqotda Malayziya davlati Islom moliyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga katta qiziqish bildirgan edi.

Shu vaqtga qadar faqat Malayziyada tashkil etib kelingan Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi (ISSF)ning yigirmanchisi Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tadbirning strategik hamkori sifatida uning xalqaro darajada yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minladi. Shuningdek, mamlakatdagi yetakchi tijorat banklari  va moliya tashkilotlari forumni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Forumning asosiy maqsadi islomiy moliyani rivojlantirish, ilg‘or amaliyotlarni moliya tizimiga joriy etish, olimlar, boshqaruvchilar, standartlarni belgilovchi tashkilotlar va soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda islomiy huquqqa oid masalalar yuzasidan fikr almashish maydonini yaratishga qaratilgan.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari G‘ulomiddin domla Xolboyev ham ishtirok etib, "O‘zbekistonda islom moliyasi xizmatlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari" mavzusida ma’ruza qildi.

Forum doirasida islom moliya tizimiga o‘tish jarayoni, moliyaviy mahsulotlar, huquqiy va me’yoriy qiyinchiliklar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Tadbir O‘zbekiston uchun islom moliyasi sohasida muhim qadam bo‘lib, mamlakatning islom moliyasida mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuni alohida aytish joizki, forumda xalqaro ekspertlar O‘zbekiston islom moliyasiga tayyor ekanini qayd etishdi. Joriy yilning 16 sentyabr kuni O‘zbekistonda islom bankini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishdayoq qabul qilingani ham shundan dalolat beradi. Bunday qonunning qabul qilinishi aholi va tadbirkorlarimizga qo‘shimcha moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Mazkur qonun loyihasi bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 8 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, qonunchilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari va standartlari hamda investitsiyaviy depozit tushunchalari kiritilmoqda. Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya joriy qilinib, uni olish bo‘yicha talablar belgilanmoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi yurtimizda o‘tkazilmoqda
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (14.08.2026)

16.08.2026   30825   1 min.

00:00 Xabarlar

00:56 “Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi

01:25 “Solombo Times”: O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” g‘oyasini amalga oshirish davlat siyosatiga aylangan

01:57 Saudiya Arabistoni xalqaro qorilar tanlovining ikkinchi kunida 33 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi

04:45 Toshkentda Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

05:20 Har bir xonadonga bayramona kayfiyat kirib bormoqda

06:00 Istiqlol shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

06:34 Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid ulashib...

07:08 Bir guruh imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi

07:43 Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

#yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

ISHONCHLI VA RASMIY MANBA

 YouTube | Instagram |  Facebook

VIDEO