Bismillahir Rohmanir Rohiym
Cavol: Masjidga borganimda namoz o‘qib bo‘lgunimcha telefonimni zaryadka qilib olsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Yo‘q, unday qilmang. “Fatovo Hindiya” kitobida bunday deyilgan:
ولا يحمل الرجل سراج المسجد الي بيته
“Kishi masjidning chirog‘ini uyiga olib ketmaydi” (Fatovo Hindiya,1 jild, 110 bet).
Moboda bir kishi shunday qilgan bo‘lsa, foydalanilgan elektr pulini (tahminan bo‘lsa ham) masjid hisobiga qaytaradi.
و تجب القيمة في القيمي يوم غصبه اجماعا
Qiyamiy narsalarda nizo kunidagi qiymatni qaytarish ijmoan vojib bo‘ladi. (Durrul Muhtor, 9 jild, 567 bet). (Navozil 18 jild, telefon masalalari bobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi
Fatvo markazi