Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Sentabr, 2026   |   15 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:14
Peshin
12:14
Asr
16:27
Shom
18:18
Xufton
19:32
Bismillah
26 Sentabr, 2026, 15 Rabi`us soni, 1448

Islomning uch bosqichi

25.09.2025   9102   6 min.
Islomning uch bosqichi

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Islom, iymon hamda ehsonni dinning uch darajasi deb ta’riflaganlar. Dinning bu uch darajasi amal, e’tiqod va ruhga oiddir. Zero, Islom dini ta’limotining asosini shu uch bosqich tashkil etadi.

عَنْ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَيْضًا قَالَ: بَيْنَمَا نَحْنُ جُلُوسٌ عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَاتَ يَوْمٍ إِذْ طَلَعَ عَلَيْنَا رَجُلٌ شَدِيدُ بَيَاضِ الثِّيَابِ شَدِيدُ سَوَادِ الشَّعَرِ لا يُرَى عَلَيْهِ أَثَرُ السَّفَرِ وَلايَعْرِفُهُ مِنَّا أَحَدٌ حَتَّى جَلَسَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَسْنَدَ رُكْبَتَيْهِ إِلَى رُكْبَتَيْهِ وَوَضَعَ كَفَّيْهِ عَلَى فَخِذَيْهِ وَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ أَخْبِرْنِي عَنِ الإسْلاَمِ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: "الإسْلاَمُ أَنْ تَشْهَدَ أَنْ لا إِلهَ إِلاَّ اللهُ وَأَنَّ مُحَمَدًا رَسُولُ اللهِ وَتُقِيمَ الصَّلاَةَ وَتُؤْتِيَ الزَّكَاةَ وَتَصُومَ رَمَضَانَ وتَحُجَّ الْبَيْتَ إِنِ اسْتَطَعْتَ إلَيْهِ سَبِيلاً". قَالَ: صَدَقْتَ. فَعَجِبْنَا لَهُ يَسْأَلُهُ وَيُصَدِّقُهُ. قَالَ: فَأَخْبِرْنِي عَنِ الإِيْمَانِ قَالَ: "أَنْ تُؤْمِنَ بِاللهِ وَمَلائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَتُؤْمِنَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَشَرِّهِ". قَالَ: صَدَقْتَ. قَالَ: فَأَخْبِرْنِي عَنِ الإِحْسَانِ. قَالَ: "أَنْ تَعْبُدَ اللهَ كَأَنَّكَ تَرَاهُ فَإِنْ لَمْ تَكُنْ تَرَاهُ فَإِنَّهُ يَرَاكَ". قَالَ: فَأَخْبِرْنِي عَنِ السَّاعَةِ. قَالَ: "مَا الْمَسْؤُولُ عَنْهَا بِأَعْلَمَ مِنَ السَّائِلِ". قَالَ: فَأَخْبِرْنِي عَنْ أَمَارَاتِهَا. قَالَ: "أَنْ تَلِدَ الأَمَةُ رَبَّتَهَا وَأَنْ تَرَى الْحُفَاةَ الْعُرَاةَ الْعَالَةَ رِعَاءَ الشَّاءِ يَتَطَاوَلُونَ في الْبُنْيَانِ". ثُمَّ انْطَلَقَ فَلَبِثْتُ مَلِيًا ثُمَّ قَالَ: "يَا عُمَرُ أَتَدْرِي مَنِ السَّائِلُ " قُلْتُ: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: "فَإِنَّهُ جِبْرِيلُ أَتَاكُمْ يُعَلِّمُكُمْ دِينَكُمْ". (رواه مسلم).

Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kunlarning birida biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlarida o‘tirganimizda banogoh oldimizga kiyimlari oppoq, soch-soqoli tim qora, ustida safar alomatlari ko‘rinmaydigan, oramizda ham hech kim uni tanimaydigan bir kishi chiqdi va payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam oldilariga borib o‘tirdi. Tizzasini u kishining tizzalariga taqab, ikki qo‘lini (o‘zining) sonlariga qo‘yib, dedi:

- Ey Muhammad! Menga Islom haqida xabar bering!

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

- Islom Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi hamda Muhammad alayhissalom Allohning Rasuli ekanligiga guvohlik berishing, namozni barpo qilishing, zakotni o‘tashing, Ramazonda ro‘za tutishing va agar qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishingdir.

 

Haligi kishi:

- To‘g‘ri aytdingiz! - dedi. Biz uning ham so‘rab, ham tasdiqlayotganiga hayron bo‘ldik.

- Menga iymon haqida xabar bering!

- Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va Oxirat kuniga ishonishing hamda taqdirning yaxshisiyu yomoniga  iymon keltirishing.

U odam:

- To‘g‘ri aytdingiz!- deb, keyin yana so‘radi:

- Menga ehson haqida xabar bering!

- Allohga xuddi Uni ko‘rib turganingdek ibodat qilishing, agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turadi.

- Menga Soat (Qiyomat kuni) haqida xabar bering.

- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan ko‘proq bilguvchi emas.

- Uning alomatlari haqida aytib bering.

- Cho‘ri o‘zining xo‘jayinini tug‘adi va o‘zlari yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al bo‘lgan qo‘yboqarlar faxr va riyo uchun bino qurayotganini ko‘rasiz.

So‘ng haligi kishi ketdi. Men bir oz muddat kutdim. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mendan so‘radilar:

- Ey Umar! Bilasanmi, o‘sha so‘rovchi kishi kimligini?

- Alloh va Rasuli biluvchiroq.

- U kishi - Jibriyl alayhissalom, sizlarga diningizni ta’lim bergani kelgan edilar, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Jabroil alayhissalomning “Islom nima?” deb bergan savoliga javob berishda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Islom dinining amallarini, “Iymon nima degan?” savolga dinning aqidaviy jihatlarini hamda ehson haqidagi savolga esa ruh (qalb) hamda uni poklashga, sayqallashga oid javoblarni berdilar.

Shuningdek, Qur’oni karimda ham yuqoridagi uch bosqich o‘z aksini topgan. Shumladan, birinchi bosqichga Moida surasining 3-oyati misol bo‘ladi:

“Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim”.

 

Ikkinchi bosqichga Hujurot surasi, 14-oyat: “A’robiylar, iymon keltirdik, dedilar. Sen: “Iymon keltirganingiz yo‘q, lekin bo‘yinsundik denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo‘q va agar Alloh va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamimas. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmli zotdir”, deb ayt”.

 

Uchinchi bosqichga Niso surasining 125-oyati misol bo‘ladi: “Yaxshilik qiluvchi bo‘lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to‘g‘ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do‘st tutgan edi”.

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ta’kidlagan Islomning uch bosqichining barcha bosqichlari bir sura ya’ni, Moida surasining 93-oyatida o‘z tasdig‘ini topgan: “Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo‘lsalar, so‘ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo‘qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir”.

 

“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (25.09.2026)

26.09.2026   19613   1 min.

#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha

00:00 Anons

01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi

01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari

03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar

04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda

04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda

06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan

06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi

07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid

08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv

08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
 
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.

#yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov
 

VIDEO