Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Sentabr, 2026   |   29 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:38
Quyosh
05:59
Peshin
12:20
Asr
16:48
Shom
18:44
Xufton
20:00
Bismillah
11 Sentabr, 2026, 29 Rabi`ul avval, 1448

29.09.2025   4884   1 min.

Ta'lim muassasasida "Sentyabr oyi - Islom tarixi, Mavlidun Nabiy, Yangi Oʻzbekiston tarixi fanlari oyligi" deb e'lon qilingani hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy munosabati bilan joriy yil 24-sentyabr kuni tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakili Musoxon domla Abbosiddinov hamda ta'lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

Kirish so‘zini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Musoxon domla Abbosiddinov shunday osoyishta kunlarga yetib kelganimizga shukronalik bildirib, muborak Rabi’ul avval oyi ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud  topgan oy haqida so‘z yuritib, bu oyda barchalarimiz olamlar sarvari, butun insoniyatga oxirzamon payg‘ambari qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning siyratlarini, hayotlarini yanada kengroq o‘rganish, har bir amalimizda u zotga ergashish lozimligi haqida aytib o‘tdi. 
  
Tadbirni davom ettirish uchun so’zni ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Isaqov Olimxon domla Ustoz va talabalarni mavlud bayram bilan tabriklab Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, xulq-atvorlari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida ta’lim muassasasi talabalari tomonidan imom Ja’far Barzanjiy rahmatullohi alayhining mavlidlari, hamda xatmul qur’on va salovotlar o‘qildi. Tadbir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat va u zotning sunnatlariga ergashish yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida yurtimiz tinchligi, uning osoyishtaligi bardavom bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bashakshehirda imomlar yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berishdi

10.09.2026   50245   1 min.
Bashakshehirda imomlar yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berishdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Istanbul shahrining Bashakshehir tumanida hamyurtlarimizning murojaatlarini tinglash va ularning masalalariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tashrifdan asosiy maqsad ushbu hududda yashab, faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizga zarur konsullik-huquqiy maslahatlar berish va ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Safar davomida diplomatlarga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillari ham hamrohlik qildi. Ular yurtdoshlarimizning islom diniga oid savollariga javob berdi va turli taqiqlangan hamda aqidaviy jihatdan noto‘g‘ri yo‘nalishdagi tashkilotlarga aldanib qolmaslik uchun zarur maslahatlar berdi.

Hamyurtlarimizning Turkiya hududida qonuniy yashashiga oid masalalar, ularning huquqiy holati, hujjatlari hamda konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bosh konsulxona vakillari zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolariga hujjatlarni rasmiylashtirish hamda vatanga qaytish bilan bog‘liq masalalarda amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari