Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

30.09.2025   7805   1 min.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Har yili “1 oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” yurtimizda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. Bu kun shunchaki rasmiy bayram emas, balki hayotimizning har bir bosqichida bizga yo‘l ko‘rsatgan, ilm bergan va tarbiya qilgan zahmatkash insonlarga bo‘lgan cheksiz minnatdorchiligimizning yorqin ifodasidir.


Ustoz va murabbiylar jamiyatning eng muhim tayanchlaridan sanaladi. Ular kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni nafaqat bilim bilan qurollantiradi, balki ularning qalbini tarbiyalaydi, yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Maktabda, kollejda, oliy ta’lim muassasasida yoki sport maydonida bo‘lsin, ular fidoyilik bilan o‘z kasbining mashaqqatli, ammo sharafli yukini ado etadi.
 

Ustoz va murabbiylarni o‘z nurini atrofga sochayotgan quyoshga o‘xshatsak bo‘ladi. Quyoshning nuridan barcha mavjudot foydalanganidek, ularning ma’rifat ziyolaridan butun jamiyat manfaatlanadi.

Payg‘ambar alayhissalom yetuk muallim bo‘lganlar. Muoviya ibn Hakam Sulamiy roziyallohu anhu aytadilar: “Ota-onam Nabiy alayhissalomga fido bo‘lsin! Oldin ham, keyin ham u zotdan yaxshiroq muallimni ko‘rmadim” (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom va otinoyilar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi

07.04.2026   1863   1 min.
Imom va otinoyilar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan imom-xatiblar va imom noiblari uchun tajvid darslari yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 6 aprel sanasidan Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida tajvid darslarining navbatdagi amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.

"Qur’on va tajvidni o‘rgatish" va Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari  hamkorligida tashkil etilgan ushbu darslarda amaliy mashg‘ulotlarni Abdulloh qori Haydarov, Abdusamad qori Mamasoliyev va Abdulbosit qori Eshqobilov olib bormoqda.

Shuningdek, Respublikamizda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning Qur’on qiroati va tajvid borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida Toshkent islom institutida otinoyilar uchun ham tajvid bo‘yicha chuqurlashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan otinoyilarga Qur’on qiroati bo‘yicha maxsus ijoza berish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Imom va otinoyilar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi Imom va otinoyilar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi Imom va otinoyilar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari