Alloh Taolo olamlarni bunyod etgandan co‘ngunga sarvar qilib Insonni – Hazrati Odam Atoalayhissalomni yaratdi. Odam Ato qovurg‘asidan Momo Havoni yaratib, ulardan farzandlariniko‘paytirdi.
Rivoyat etilishicha, odamzotning ko‘ngliga 3 narsa urmas, ya’ni inson 3 narsadan aslo bezorbo‘lmas, doimo ardoqlar ekan.
Birinchisi er uchun – ayol, ayol uchun – er. Chunkiayol Odam Atoning qovurg‘asidan, ya’ni bir vujuddanyaralgan. Vujudda esa oshiqcha a’zo yo‘q. Hech kim biron a’zosidan voz kecholmagani kabi, ayol jinsierdan, er jinsi ayoldan ayri kecha olmas ekan.
Inson ko‘ngliga urmaydigan ikkinchi narsa – rizq-ro‘zi, yashash omili bo‘lgan non ekan. Mana nechaming-ming yillar o‘tsa ham, Odam Ato va MomoHavo ilk bor ta’mini tatib ko‘rgan bug‘doy hamonularning avlodlari nasibasi bo‘lib xizmat kilibkelayotir. Dunyodagi ne bir shirinliklar, taomlarnon o‘rnini bosolmasligi barchaga ayon.
Bashariyat farzandi uchun uchinchi ulug‘ narsa bukitob ekan. Zero Qur’ondagi dastlabkioyat «Iqra!» («O‘qing!») ekanligi, ulug‘Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh sallallohualayhi vasallam o‘qishni o‘rganib, Allohningso‘zlaridan xabardor bo‘lib, ularni xalqqayetkazganlari, musulmonlar diliga singdirganlarima’lumdir.
Kitobning Muqaddasligi yana shundaki, odamlar u orqali fikran boyiydilar, aqlan o‘sadilar, ma’nan sog‘lom bo‘ladilar, axloqiy kamol topadilar, qanday so‘zlash, qanday yashash zarurligini, imon-e’tiqodni asrashni biladilar.
Shu boisdan ham Islom dinimiz sahifalaridan asosiy o‘rinni yorug‘ olamning gultoji – Inson, uning rizq-ro‘zi – Non va aql-idroki mahsuli – Kitob odobnomasi va ibratnomasining o‘rin olishi bejiz emas.
Buyuk ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolib kelayotgan dono xalqimizning yuksak ma’naviyati bo‘lmish milliy va diniy qadriyatlarimiz esa bularning hammasi – axloqiy, aqliy va jismoniy maktab ekanligi oltindan qimmat, bebaho va abadiy qadriyatlarimiz, yengilmas kuchimizdir!
Modomiki Islom dinining eng birinchi buyrug‘i «O‘qing!» ekan, demak Islom dini – eng avvalo ma’rifat dini ekan. «Ma’rifat» so‘zi arabtilidan tarjima qilinganda «kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya»; «maorif» degan ma’nolarni anglatadi.
Islom dinining asosiy va Muqaddas Kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimning yettidan bir qismi faqat ILM mavzusiga doir masalalardan iboratdir.
Islom dini paydo bo‘lishini Yaratganimiz Muhammad alayhissalom orqali Arabiston yarim orolligini iroda etgan bo‘lsa, ushbu Muqaddas, pok Islom dinimizni ilmu-fan, ma’rifat ila rivojlanishini Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Bahouddin Naqshbandiy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Mahmud Zamaxshariylardek buyuk allomalar orqali bizning jannatmakon yurtimizni (!) O‘z ilohiy hikmati ila ixtiyor etdi.
Yaxshilik va ezgulik, bag‘rikenglik va tinchlik, yaqinlari va begonalariga birdek marhamatli bo‘lish, qon to‘kmaslikka chaqiruvchi, nafs vasvasasiga uchmaslik, ota-onaga ular hayot ekanlarida mehribon va saxiylik ila munosabatda bo‘lish, dunyodan o‘tganlarning haqlariga duo qilishga, vatanni sevishga da’vat qiluvchi muqaddas dinimiz, ayniqsa mustaqillik yillarida o‘z qadrini hamda o‘zining azaliy vazifasi – ezgu maqsadlarga chin ma’noda xizmat qilish imkoniyatini topdi.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda...
Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, Islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning hizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Alloh taboraka va taolo O‘zining Kalomi majidi – Qur’oni Karimda va Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida ulug‘lab e’zozlagan yetti toifa insonlarni har bir mo‘min-musulmon kishi qadrlab, hurmat qilishi lozim:
1) ota;
2) ona;
3) ustoz (manfaatli ilm yo kasb-hunar o‘rgatganinson);
4) olim (faqat diniy yo‘nalishdagina emas, balki inson uchun manfaatli barchasohalardagi olimlar. Chunki hammasohalarning ham egasi – Alloh taoloningO‘zidir);
5) Qur’oni Karimdan xabardor kishi;
6) mo‘ysafid odam;
7) adolatli rahbar.
Muqaddas Islom dinimiz hukmlari ham, jannatmakon yurtimiz buyuk va ma’rifatparvar, ulug‘vor va donishmand xalqining Qur’oni Karimva hadisi shariflarga uyg‘unlashib ketgan hatto maqollari ham insonlarni ilm-fan taraqqiyotiga, ilmli kishilarni ulug‘lashga undaydi, ustozlarni hurmatlashga targ‘ib etadi.
Ma’lumki, bu dunyoning rivojlanishida, insoniyatning taraqqiyot etishida ustozning o‘rni beqiyos.
Bizning dono xalqimiz
➔ «Ustoz – otangdek ulug‘»,
➔ «Usta borida qo‘lingni tiy,
Ustoz borida – tilingni»,
➔ «Usta bo‘lsang, ustozingniunutma!»,
➔ «Ustozingga tik qarasang – to‘zasan,
Hurmat qilsang – asta-astao‘zasan»,
deb bejizga aytmagan.
Chunki, hammaga ma’lumki, insoniyatning ENGBirinchi Ustozi – bu ALLOH TAOLONING O‘ZI bo‘lsa,
“Alloh Odam (alayhis salom)ga barcha yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegishli nomlarni o‘rgatdi” (Qur’oni Karim Baqara surasi 2/31 oyat),
musulmonlarning insonlar ichida ENG Buyuk Ustozi – PAYG‘AMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMDIRLAR !
Har bir inson zoti uchun esa ENG BirinchiUstozi – uning OTA-ONASIDIR ! Zero unitarbiyalashni hali bu dunyoga kelmasidan oldinroqboshlaydi. Tug‘ilishi bilanoq, to ota-onaning o‘zibu dunyodan o‘tmaguncha, o‘z farzandiga mehribonlikqilib o‘tadi...
Shuning uchun ham o‘zining qadr-qimmatini bilgan, o‘zining kimligini tushunib yetgan har biraql-zakovatli, fahm-farosatli odam «Ustozlar vamurabbiylar» bayram kunida ham eng birinchibo‘lib o‘zining doimiy peshqadamlari bo‘lmish o‘zota-onasidan boshlab, ustoz va murabbiylariniko‘ngillarini shod qilib, bebaho, betakror vabeqiyos duolaridan bahramand bo‘lishga shoshiladi.
Yangi o‘quv yili ham boshlanib, farzandlarimizulug‘ va muqaddas, mashaqqatli va sersavob ishbo‘lmish – ilm olishga kirishdilar...
Biz, ota-onalar, farzandlarimizni ulg‘ayishida, ilm olib, bilimli bo‘lishlarida ko‘p jihatlariga serqirrali e’tiborimizni berishimizda quyidagi purma’noli, sermazmunli tarafini ham e’tiborga olishimizni muqaddas dinimiz amr-farmon qilib buyuradi.
Kalomulloh Qur’oni Karimning oyati muboraklariga va Janobi Payg‘ambarimizning muborak hadisi shariflariga binoan «ustoz»ning maqomini mutafakkirlarning mutafakkiri Miralisher Navoiy hazratlari quyidagicha tavsiflaganlar:
“Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamoq kerak oning haqqin yuz ming ganj ila”.
Shunchalik ulug‘ (!) darajaga ustozning mavqeiko‘tarilgan.
“Ustoz” deganda faqat ma’lum bir sohada yoki faqat ilm sohasida emas, balki ilm-fanning barcha turlarida, kasb-hunar sohalarida ham o‘rgatuvchini biz USTOZ deb tushunishimiz lozim!
Shuning uchun ham bizning dono xalqimiz hurmat va ehtirom ila e’zozlab «Ustoz» deb ulug‘laydi.
Kunlardan bir kuni hazrat Navoiy
Sayr aylamakni qildi ixtiyor.
Mulozimlar ila chiqdilar yo‘lga
Va kichik bolaga keldilar duchor.
O‘shanda Navoiy otidan tushib,
O‘sha yosh bolaga qilibdi ta’zim.
Mulozimlar hayron, a’yonlarilol –
Bunday uchrashuvdan qolibdilarjim.
Bir a’yon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib,
So‘rabdi: «Hazratim. Bu qandayin hol?
Siz bolaga emas, balki u sizga qilibta’zim,
Salom berishi dushvor!»
Navoiy debdiki: “Men ko‘rganbola
Ustozim – bolaning bobosi edi.
Olislarda qolib ketgandamlarning
Uzoqlardan kelgan sadosi edi…
Ustozim men uchun – otadan ulug‘!
Shuningchun bolaga qildim men ta’zim.
Ustozimdan qolgan nevarasiga
Salom bermasligim – gunohu azim!”
Dono xalqimiz o‘z maqollarida ham “Ustoz otadek ulug‘!” va “Ustoz otangdan ulug‘!” deb aytishlarida ham juda ko‘p ma’nolar bor...
Zero bu ulug‘ hikmatlar elning ellik ming elagidan o‘tkazilib, keyin muomalaga qo‘yilgan.
Iloho o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Alloh taolo Qur’oni Karimda buyurgan, Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla INOMOV
Pokistonning “Network News Pakistan” elektron nashri “O‘zbekiston turizmi o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi” sarlavhali axborot maqolani e’lon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Unda Butunjahon sayohat va turizm kengashining (World Travel & Tourism Council – WTTC) “Sayohat va turizmning 2026 yilga qadar iqtisodiy ta’sirini o‘rganish” hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda Markaziy Osiyo dunyoning eng tez rivojlanayotgan sayyohlik mintaqasiga aylangani ta’kidlangan.
“WTTC o‘z tadqiqotlarini dunyoni 13 ta yirik mintaqaga bo‘lgan holda olib boradi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo turizm sohasini rivojlantirishning bir nechta asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bu ko‘rsatkichlarning barchasi bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi”, – deyilgan manbada.
Nashrda qayd etilishicha, 2025 yilda turizmning Markaziy Osiyo yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan umumiy hissasi 17,7 foizga, sohaning bevosita hissasi esa 19,6 foizga oshgan. Mintaqada turistik xizmatlar eksporti (visitor exports) yil davomida 26,4 foizga o‘sib, 9,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Mintaqadagi turistik xizmatlar eksporti umumiy hajmining deyarli yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2025 yilda O‘zbekistonga 4,8 milliard AQSH dollari miqdorida turistik xizmatlarni eksport qilgan. WTTC ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi.
“Umuman olganda, bu ko‘rsatkichlar turizmning mintaqaviy xarakterga ega ekanini anglatadi. Markaziy Osiyo aholisi ko‘pincha o‘z mintaqasi ichida sayohat qiladi”, – deyiladi maqolada.
“Network News Pakistan” WTTC prognoziga tayanib yozishicha, 2036 yilga borib turizm sohasining Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga qo‘shadigan umumiy hissasi 29,7 milliard AQSH dollariga yetadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati