Sayt test holatida ishlamoqda!
11 May, 2026   |   23 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:09
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:35
Xufton
21:01
Bismillah
11 May, 2026, 23 Zulqa`da, 1447

Kim USTOZ?

30.09.2025   14910   5 min.
Kim USTOZ?

Alloh  Taolo olamlarni  bunyod etgandan co‘ngunga sarvar qilib Insonni – Hazrati Odam Atoalayhissalomni yaratdi. Odam Ato qovurg‘asidan Momo Havoni yaratib, ulardan farzandlariniko‘paytirdi.

 

Rivoyat etilishicha, odamzotning ko‘ngliga 3 narsa urmas, ya’ni inson 3 narsadan aslo bezorbo‘lmas, doimo ardoqlar ekan. 

Birinchisi er uchun – ayol, ayol uchun – er. Chunkiayol Odam Atoning qovurg‘asidan, ya’ni bir vujuddanyaralgan. Vujudda esa oshiqcha a’zo yo‘q. Hech kim biron a’zosidan voz kecholmagani kabi, ayol jinsierdan, er jinsi ayoldan ayri kecha olmas ekan. 

Inson ko‘ngliga urmaydigan ikkinchi narsa – rizq-ro‘zi, yashash omili bo‘lgan non ekan.  Mana nechaming-ming yillar o‘tsa ham, Odam Ato va MomoHavo  ilk bor ta’mini tatib ko‘rgan bug‘doy hamonularning avlodlari nasibasi bo‘lib xizmat kilibkelayotir. Dunyodagi ne bir shirinliklar, taomlarnon o‘rnini bosolmasligi barchaga ayon. 

Bashariyat farzandi uchun uchinchi ulug‘  narsa bukitob ekan. Zero Qur’ondagi dastlabkioyat «Iqra!» («O‘qing!») ekanligi, ulug‘Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh sallallohualayhi vasallam o‘qishni o‘rganib, Allohningso‘zlaridan xabardor bo‘lib, ularni xalqqayetkazganlari, musulmonlar diliga singdirganlarima’lumdir. 

Kitobning Muqaddasligi yana shundaki, odamlar u orqali fikran boyiydilar, aqlan o‘sadilar, ma’nan sog‘lom bo‘ladilar, axloqiy kamol topadilar, qanday so‘zlash, qanday yashash zarurligini, imon-e’tiqodni asrashni biladilar. 

Shu boisdan ham Islom dinimiz sahifalaridan asosiy o‘rinni yorug‘ olamning gultoji – Inson, uning rizq-ro‘zi – Non va aql-idroki mahsuli – Kitob odobnomasi va ibratnomasining o‘rin olishi bejiz emas.

Buyuk ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolib kelayotgan dono xalqimizning yuksak ma’naviyati bo‘lmish milliy va diniy qadriyatlarimiz esa bularning   hammasi – axloqiy, aqliy va jismoniy maktab ekanligi oltindan qimmat, bebaho va abadiy qadriyatlarimiz, yengilmas kuchimizdir!

 

Modomiki Islom dinining eng birinchi buyrug‘i «O‘qing!» ekan,  demak Islom dini – eng avvalo ma’rifat dini ekan. «Ma’rifat» so‘zi arabtilidan tarjima qilinganda «kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga  qaratilgan ta’lim-tarbiya»; «maorif» degan ma’nolarni anglatadi.

Islom dinining asosiy va Muqaddas Kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimning yettidan bir qismi faqat ILM mavzusiga doir masalalardan iboratdir.

Islom dini paydo bo‘lishini Yaratganimiz Muhammad alayhissalom orqali Arabiston yarim orolligini iroda etgan bo‘lsa, ushbu Muqaddas, pok Islom dinimizni ilmu-fan, ma’rifat ila rivojlanishini Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Bahouddin Naqshbandiy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Mahmud Zamaxshariylardek buyuk allomalar orqali bizning jannatmakon yurtimizni (!) O‘z ilohiy hikmati ila ixtiyor etdi.

Yaxshilik va ezgulik, bag‘rikenglik va tinchlik, yaqinlari va begonalariga birdek marhamatli bo‘lish, qon to‘kmaslikka chaqiruvchi, nafs vasvasasiga uchmaslik, ota-onaga ular hayot ekanlarida mehribon va saxiylik ila munosabatda bo‘lish, dunyodan o‘tganlarning haqlariga duo qilishga, vatanni sevishga da’vat qiluvchi muqaddas dinimiz, ayniqsa mustaqillik yillarida o‘z qadrini hamda o‘zining azaliy vazifasi – ezgu maqsadlarga chin ma’noda xizmat qilish imkoniyatini topdi.

Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi  beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro  jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda... 

Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga  aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, Islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning hizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan  g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

 

Alloh taboraka va taolo O‘zining Kalomi majidi – Qur’oni Karimda va Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida ulug‘lab e’zozlagan yetti toifa insonlarni har bir mo‘min-musulmon kishi qadrlab, hurmat qilishi lozim:

1) ota;

2) ona;

3) ustoz (manfaatli ilm yo kasb-hunar o‘rgatganinson);

4) olim (faqat diniy yo‘nalishdagina emas, balki inson uchun manfaatli barchasohalardagi olimlar. Chunki hammasohalarning ham egasi – Alloh taoloningO‘zidir);

5) Qur’oni Karimdan xabardor kishi;

6) mo‘ysafid odam;

7) adolatli rahbar.

 

Muqaddas Islom dinimiz hukmlari ham, jannatmakon yurtimiz buyuk va ma’rifatparvar, ulug‘vor va donishmand xalqining Qur’oni Karimva hadisi shariflarga uyg‘unlashib ketgan hatto maqollari ham insonlarni ilm-fan taraqqiyotiga, ilmli kishilarni ulug‘lashga undaydi, ustozlarni hurmatlashga targ‘ib etadi.

Ma’lumki, bu dunyoning rivojlanishida, insoniyatning taraqqiyot etishida ustozning o‘rni beqiyos.

Bizning dono xalqimiz

➔ «Ustoz – otangdek  ulug‘»,

 

➔ «Usta borida qo‘lingni tiy,

Ustoz borida – tilingni»,

 

➔ «Usta bo‘lsang, ustozingniunutma!»,

 

➔ «Ustozingga tik qarasang – to‘zasan,

Hurmat qilsang – asta-astao‘zasan»,

deb bejizga aytmagan.

 

Chunki, hammaga ma’lumki, insoniyatning ENGBirinchi Ustozi – bu ALLOH TAOLONING O‘ZI bo‘lsa,

“Alloh Odam (alayhis salom)ga barcha yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegishli nomlarni o‘rgatdi”  (Qur’oni Karim Baqara surasi 2/31 oyat),

musulmonlarning insonlar ichida ENG Buyuk Ustozi – PAYG‘AMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMDIRLAR !

Har bir inson zoti uchun esa ENG BirinchiUstozi – uning  OTA-ONASIDIR ! Zero unitarbiyalashni hali bu dunyoga kelmasidan oldinroqboshlaydi. Tug‘ilishi bilanoq, to ota-onaning o‘zibu dunyodan o‘tmaguncha, o‘z farzandiga mehribonlikqilib o‘tadi...

Shuning uchun ham o‘zining qadr-qimmatini bilgan, o‘zining kimligini tushunib yetgan har biraql-zakovatli, fahm-farosatli odam «Ustozlar vamurabbiylar» bayram kunida ham eng birinchibo‘lib o‘zining doimiy peshqadamlari bo‘lmish o‘zota-onasidan boshlab, ustoz va murabbiylariniko‘ngillarini shod qilib, bebaho, betakror vabeqiyos duolaridan bahramand bo‘lishga shoshiladi.   

Yangi o‘quv yili ham boshlanib, farzandlarimizulug‘ va muqaddas, mashaqqatli va sersavob ishbo‘lmish – ilm olishga kirishdilar... 

Biz, ota-onalar, farzandlarimizni ulg‘ayishida, ilm olib, bilimli bo‘lishlarida ko‘p jihatlariga serqirrali e’tiborimizni berishimizda quyidagi purma’noli, sermazmunli tarafini ham e’tiborga olishimizni muqaddas dinimiz amr-farmon qilib buyuradi.

Kalomulloh Qur’oni Karimning oyati muboraklariga va Janobi Payg‘ambarimizning muborak hadisi shariflariga binoan «ustoz»ning maqomini mutafakkirlarning mutafakkiri Miralisher Navoiy hazratlari quyidagicha tavsiflaganlar:

“Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘rgatmish ranj ila,

   Aylamoq kerak oning haqqin yuz ming ganj ila”.

 

Shunchalik ulug‘ (!) darajaga ustozning mavqeiko‘tarilgan. 

“Ustoz” deganda faqat ma’lum bir sohada yoki faqat ilm sohasida emas, balki ilm-fanning barcha turlarida, kasb-hunar sohalarida ham o‘rgatuvchini biz USTOZ deb tushunishimiz lozim! 

Shuning uchun ham bizning dono xalqimiz hurmat va ehtirom ila e’zozlab «Ustoz» deb ulug‘laydi.

Kunlardan bir kuni hazrat Navoiy

Sayr aylamakni qildi ixtiyor.

Mulozimlar ila chiqdilar yo‘lga

Va kichik bolaga keldilar duchor.

 

O‘shanda Navoiy  otidan tushib,

O‘sha yosh bolaga qilibdi ta’zim.

Mulozimlar hayron, a’yonlarilol –

Bunday uchrashuvdan qolibdilarjim.

 

Bir a’yon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib,

So‘rabdi: «Hazratim. Bu qandayin hol?

Siz bolaga emas, balki u sizga qilibta’zim,

Salom berishi dushvor!»

 

Navoiy debdiki: “Men ko‘rganbola

Ustozim – bolaning bobosi edi.

Olislarda qolib ketgandamlarning

Uzoqlardan kelgan sadosi edi…

 

Ustozim men uchun – otadan ulug‘!

Shuningchun bolaga qildim men ta’zim.

Ustozimdan qolgan nevarasiga

Salom bermasligim – gunohu azim!”

 

Dono xalqimiz o‘z maqollarida ham “Ustoz otadek ulug‘!” va “Ustoz otangdan ulug‘!” deb aytishlarida ham juda ko‘p ma’nolar bor... 

Zero bu ulug‘ hikmatlar elning ellik ming elagidan o‘tkazilib, keyin muomalaga qo‘yilgan.

Iloho o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Alloh taolo Qur’oni Karimda buyurgan, Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

 

Ibrohimjon domla INOMOV

Boshqa maqolalar

"Korrupsiya – omonatga xiyonat: Islom dini bu illatga qanday barham beradi?

07.05.2026   6143   3 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hozirgi davrda korrupsiya global miqyosdagi eng jiddiy muammolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. U jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquqiy choralarni, balki axloqiy va ma’naviy asoslarni ham talab qiladi. Islom dini esa inson faoliyatini tartibga soluvchi mukammal tizim sifatida bu borada muhim tamoyillarni taklif etadi.

 

Islom ta’limotida jamiyat barqarorligi axloqiy qadriyatlarga tayanadi. Qur’oni karimda adolat va omonatdorlikka alohida urg‘u berilib, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar halollik asosida qurilishi lozimligi ta’kidlanadi. Jumladan, Niso surasining 58-oyatida omonatni egasiga topshirish va adolat bilan hukm qilish buyuriladi.


Islomiy qadriyatlar quyidagilardan iborat:
• Halollik — har qanday faoliyatda poklik va rostgo‘ylikni ta’minlash; 
• Adolat — har kimga haqqini berish; 
• Omonatdorlik — ishonib topshirilgan vazifani suiiste’mol qilmaslik; 
• Mas’uliyat — har bir amal uchun javobgarlikni his etish. 


Korrupsiya mansab yoki vakolatdan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishdir. Bu holat jamiyatda tengsizlik va ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
Islom nuqtayi nazaridan korrupsiya:
• harom daromad, 
• zulm va adolatsizlik, 
• omonatga xiyonat sifatida baholanadi. 
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida poraho‘rlik keskin qoralangan bo‘lib, bu illat jamiyatni yemiruvchi omil sifatida ko‘rsatilgan.


Islom dini korrupsiyani ildizidan bartaraf etishga qaratilgan quyidagi mexanizmlarni ilgari suradi:
Birinchi, omonatdorlik tamoyili — mansabni shaxsiy manfaat uchun ishlatishni qat’iyan man etadi.
Ikkinchi, adolat tamoyili — qarorlar xolis va haqqoniy bo‘lishini talab qiladi.
Uchinchi, halollik — harom yo‘llar bilan boylik orttirishni rad etadi.
To‘rtinchi, taqvo — insonning ichki nazorati sifatida xizmat qiladi.
Beshinchi, hisobdorlik — har bir amal uchun javobgarlikni eslatadi.
Bu tamoyillar korrupsiyaning oldini olishda profilaktik vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik asoslari takomillashtirilmoqda. Biroq faqat jazolash mexanizmlari yetarli emas. Islomiy yondashuv esa insonning ichki dunyosini tarbiyalash orqali muammoning ildiziga ta’sir ko‘rsatadi.
Islomiy qadriyatlar bilan huquqiy tizim uyg‘unlashganda:
• jamiyatda halollik muhiti shakllanadi, 
• davlat boshqaruvida shaffoflik oshadi, 
• fuqarolarning huquqiy ong va madaniyati yuksaladi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishda islomiy axloqiy-huquqiy tamoyillar muhim o‘rin tutadi. Halollik, adolat, omonatdorlik va mas’uliyat kabi qadriyatlar jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois zamonaviy huquq tizimini ushbu qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish korrupsiyani kamaytirishda samarali yo‘l hisoblanadi. 
 

Muhammad Achilov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi huquqshunosi