حدثنا العباس الدوري نا الحسين بن علي الجعفي عن الحسن بن الحر عن القاسم بن مخيمرة قال: أخذ علقمة بيدي وقال: أخذ عبد الله بن مسعود بيدي قال: أخذ رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم بيدي فعلمني التشهد للصلاة: ”التحيات لله والصلوات والطيبات السلام عليك أيها النبي ورحمة الله وبركاته السلام علينا وعلى عباد الله الصالحين أشهد أن لا إله إلا الله وأشهد أن محمدا عبده ورسوله.“
Alqama aytadi: “Abdulloh ibn Mas’ud qo‘limdan tutib bunday dedi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam qo‘limdan ushlab, namoz uchun tashahhudni (bunday) o‘rgatdilar: “Attahiyyaatu lillaahi vas-solavaatu vat-toyyibaat. As-salaamu ’alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokaatuh. As-salaamu ’alayna va ’ala ’ibaadillaahis-soolihiyn. Ashhadu allaa ilaha illaallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhuu va Rasuluhu”.
Tashahhudning ma’nosi: “Salomlar, duolar va pok narsalar Alloh uchundir. Ey Nabiy, sizga salom va Allohning rahmatu barakoti bo‘lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga salom bo‘lsin. Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Muhammad Allohning Rasuli va bandasi, deb guvohlik beraman”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Moliyaviy nazorat va taftish bo‘limi mudiri Islomiddin domla Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘ldi.
Tashrif davomida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sohadagi islohotlarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Zayniddin domla o‘z ma’ruzasida yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ilmiy salohiyati va odob-axloqi masalalariga urg‘u berib, tolibi ilmlarga muhim hayotiy tavsiyalarini berdi.
Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni diniy-milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida yakunlandi.
Ravza.uz