Umrini Islom dini ravnaqiga xizmat qilishga, xalqimiz ma'rifatini yuksaltirishga, odamlarga ziyo ulashishga bag'ishlayotgan ustozlarga hamma havas qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbariyati bugun qariyb chorak asrdan beri shu erda mehnat qilib kelayotgan Bosh muharrir Abdujalil Ho'jamovga va 35 yildan beri fidoyilik ko'rsatib kelayotgan katta muharrir Muhammadsharif Jumanovga "Umra sertifikat"larini topshirdi.
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Sizlarning yaxshilaringiz umri uzun va xayrli amallari ko'p bo'lganingizdir", deb marhamat qilganlar.
Haqiqatan, yana ko'p yillar ustozlar bilan birgalikda xizmat qilib, ulardan ko'p ilm o'rganishni Alloh taolo barchamizga nasib etsin.


✈️ @HidoyatUz
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati