Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2026   |   14 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:25
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:28
Bismillah
27 Avgust, 2026, 14 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar

07.10.2025   12099   1 min.
Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar

Xabar berganimizdek, shu yilning 6-7 oktyabr kunlari Andijon viloyatida imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar doirasidagi tadbirlar boshlandi. (https://t.me/muslimuzportal/42926)

Mutasaddilar tomonidan bosh imom-xatiblarga o‘zlariga biriktirilgan Andijon viloyatining tuman-shaharlaridagi masjidlar holati va imom-xatiblar faoliyatini o‘rganish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kecha, 6 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, Toshkent shahri va viloyatlar bosh imom-xatiblari “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdilar. Bosh imom-xatiblarga bilim yurti rahbari Rustamjon domla Mahmudov hamrohlik qilib, batafsil ma’lumot berdi.

Seminar qatnashchilari bilim yurti faoliyati, pedagog-o‘qituvchi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. O‘quv xonalari, dars jarayonlari, Axborot resurs markazi, kutubxona, talabalar yotoqxonalarida bo‘lib, talabalar bilan dildan muloqot qildilar. 
Suhbatlar asnosida talabalarga barcha bilimlarni puxta egallashi, kelajakda yetuk olim bo‘lib yetishishga astoydil harakat qilishi lozimligi ta’kidlandi. Ilm talab qilish yo‘lida chekiladigan mashaqqatlar, ilmga amal qilish kishini ziynatlashi, ilm ahlining darajalari haqida hayotiy misollar keltirilib, tolibi ilmlarga rag‘batlar berildi. Talabalar bilan olayotgan tahsillari borasida savol-javoblar qilindi. Ular bergan javoblar mehmonlarni hayratda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti 1992 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Jalabek qishlog‘ida faoliyat boshlagan. Bilim yurtiga Jalabek qishlog‘ida XX asrning boshlarida yashab o‘tgan din, millat, vatan uchun katta xizmatlar qilgan, o‘z davrida Andijon viloyati qozisi, eski shahardagi madrasa bosh mudarrisi bo‘lgan Sayyid Muhyiddin domlaning nomi berilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar Talabalar bilan dildan muloqot: Bosh imomlardan hayotiy nasihatlar va rag‘batlar
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

27.08.2026   3908   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
 

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.


Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari