Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

Imom Termiziy islom instituti o‘qituvchisi taqdirlandi

07.10.2025   11903   1 min.
Imom Termiziy islom instituti o‘qituvchisi taqdirlandi

Imom Termiziy nomidagi islom instituti o‘qituvchisi Hoshimjon domla Nizomiddinov yuksak e’tirof — “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan ta’lim muassasada tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir dastlab Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Shundan so‘ng ta’lim muassasasi rektori K.Islamov so‘zga chiqib, ustozimizning ilmiy-ijodiy faoliyatidagi fidoyiligi, ta’lim jarayonini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissasini ta’kidlab, barcha jamoa nomidan samimiy tabriklarini bildirdi.

Ana shunday ulug‘ e’tirofga loyiq deb topilgan ustozimiz - Hoshimjon domla Nizomiddinovning bu yutug‘i nafaqat u kishining shaxsiy muvaffaqiyati, balki Imom Termiziy nomidagi islom instituti jamoasining ham yutug‘i hisoblanadi.

Ushbu mukofot bilan Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamda “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi jamoalari nomidan ustozimizni chin yurakdan muborakbod etamiz.

Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishini, ustozimizga ilmiy va kasbiy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!

Imom Termiziy islom instituti

Matbuot xizmati

Imom Termiziy islom instituti o‘qituvchisi taqdirlandi Imom Termiziy islom instituti o‘qituvchisi taqdirlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

10.08.2026   3621   1 min.
Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
 

Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;

  • Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;

  • Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.


Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.


Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari