Bugun, 8 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, murojaat va takliflarini tingladi.
Mazkur jarayonda yurtimizning turli joylaridan kelgan yurtdoshlarimiz haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordam va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.
Mas’ullarga vakolat doirasidagi masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Shu yil 8 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida AQSHda faoliyat yuritayotgan "VATAN Global Alliance" tashkiloti rahbari Ozod Soliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida AQSHdagi yurtdoshlarimizga doimiy ruhiy-ma’naviy ko‘mak berish va ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, xususan, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, xorijiy tillarda erkin ma’ruza qila oladigan malakali yosh kadrlarni tayyorlash yaxshi natija berishi qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati