Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Iyul, 2026   |   17 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:12
Peshin
12:34
Asr
17:33
Shom
19:45
Xufton
21:12
Bismillah
31 Iyul, 2026, 17 Safar, 1448

“Kayfiyatsiz” degan so‘zning ma’nosi

13.10.2025   8709   1 min.
“Kayfiyatsiz” degan so‘zning ma’nosi

Sufyoni Savriy, Avzo’iy, Lays Ibn Sa’d, Sufyon ibn Uyayna, Abdulloh ibn Muborak va ahli sunnaning boshqa ulamolaridan mutashobih sifatlar kelgan oyatlar haqida: “Sifatlarning xabarlari qanday kelgan bo‘lsa, shundayligicha biror narsaga o‘xshatmasdan va inkor qilmasdan gapiriladi. “Qanday?”, “Nima uchun?”, deyilmaydi” degan rivoyatlar keladi.
Imom Abu Sulaymon Xattobiy rohimahulloh aytadilar: “Bizga va har bir musulmon kishiga Parvardigorimiz surat, shakl egasi emasligini bilishi shartdir. Chunki surat bo‘lishi kayfiyatni taqozo qiladi va bu narsa esa Alloh taolodan va Uning sifatlaridan inkor qilinadi”.

Imom Bayzoviy Hanafiy rohimahulloh “Ishorotul marom” nomli kitoblarida shunday deydilar: ““Bila kayf” degani bu “kayfiyatsiz, tana a’zosisiz va maxluqotlarga o‘xshamaydi” deganidir. Bu gapda bir nechta narsaga ishoralar bor. Ularning eng muhimi barcha kayfiyatning turlarini Allohdan nafiy qilish, chunki kayfiyat lug‘atda shakl ma’nosida keladi. Bu gap “Misbohul munirda” zikr qilingan””.

Rustam Oxunjonov,

"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi

matbuot kotibi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan diniy soha xodimlari ishtirokida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

29.07.2026   9252   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan diniy soha xodimlari ishtirokida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tizimida faoliyat ko‘rsatib turgan masjid imom-xatib va imom-noiblari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan sportning stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa poytaxtimizdagi Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tdi.
Diniy soha xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ushbu stol tennisi musobaqasida 1-o‘rin Taxtako‘pir tumani «Abdulkarim oxun» jome masjidi imom-xatibi I.Ametniyazov, 2-o‘rin To‘rtko‘l tumani «G‘oib ota» masjidi imom noibi R.Komiljonov, 3-o‘rin Beruniy tumani «Sulton uvos bobo» jome masjidi imom-noibi O.Mashalovlar g‘olib deb topildi.
Musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari A.Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov va Nukus «Muhammad ibn Ahmad al Beruniy» o‘rta maxsus islom bilim yurti direktori J.Abdirazzaqovlar musobaqa ishtirokchilarini g‘alabalari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi, musobaqa g‘oliblariga «Vaqf» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan diniy soha xodimlari ishtirokida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan diniy soha xodimlari ishtirokida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan diniy soha xodimlari ishtirokida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari