Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2026   |   14 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:25
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:28
Bismillah
27 Avgust, 2026, 14 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

13.10.2025   6994   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent islom instituti "Aqoid va fiqhiy fanlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Yahyo Razzoqovning padari buzrukvori Habibulloh ota  Razzoqov vafoti munosabati bilan u kishining barcha oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. 

Olamdan o‘tgan otaxonning barcha solih amallarini Alloh taolo o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.  Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ 

«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz».

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

24.08.2026   18233   1 min.
Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida boshlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ezgulik chellenji davom etmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, e’tibor va ko‘makka ehtiyojmand oilalarning 51 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari va so‘mkalar topshirildi.

Xususan, ushbu ezgu tadbir Qumqo‘rg‘on tumani "Shah Mashrab" jome' masjidida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili R.Abdullayev, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri D.O’roqov, tuman Bosh imom-xatibi H.Zayniyev hamda tumandagi barcha masjid imom-xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtdoshlarimizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish hamda xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, inson qadri, mehr-oqibat va saxovat bor joyda ezgulik bardavom bo‘ladi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati 

 

O'zbekiston yangiliklari