Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2026   |   22 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:29
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2026, 22 Ramazon, 1447
Videolar

Dinimizda musibatlarni yengish va sabrga tavsiyalar

14.10.2025   7700   1 min.

Ziyovuddin domla Aymuhammedov - Bektemir tumani Bektemir jome masjidi imom-xatibi

Juma mav'izalari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni qo‘rqitgan oyat

11.03.2026   1308   2 min.
Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni qo‘rqitgan oyat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

“Niso” surasida shunday bir oyat borki, u Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni qattiq o‘yga solgan va u kishi: “Bu Qur’ondagi eng qo‘rqinchli oyatlardan biri” deb aytganlar. Oyat:


﴿مَنْ يَعْمَلْ سُوءًا يُجْزَ بِهِ﴾


“Kim yomonlik qilsa, o‘sha (yomonlik) bilan jazolanadi” (Niso surasi, 123-oyat).

Bu oyatni eshitganda sahobalar juda qattiq xavotirga tushganlar. Chunki inson hayotida xatolar, kamchiliklar, gunohlar bo‘lib turadi. Sahobalar: “Agar har bir yomon ish uchun jazo bo‘lsa, unda bizdan kim najot topadi?” deb tashvishga tushganlar. Rivoyat qilinishicha, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bu oyatni eshitib: “Yo Allohning Rasuli! Agar har bir yomon ish uchun jazo bo‘lsa, biz halok bo‘lamiz-ku?” deb so‘raganlar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Abu Bakr! Sen kasal bo‘lmaysanmi? Sen charchamaysanmi? Sen g‘am-tashvishga botmaysanmi?” deb so‘radilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: “Albatta shunday holatlarga tushaman”, deb javob berdilar. Shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Mana shu narsalar sen qilgan xatolaring uchun kafforatdir”, dedilar.

Ulamolar bu oyatni bunday tushuntirishgan:
Inson qilgan yomon ishlarining jazosi faqat oxiratda emas, balki dunyoda ham ba’zan kafforat bilan to‘lanadi:
- Kasallik,
- Tashvish,
- Musibat,
- Qiyinchilik,
- Qalbdagi iztirob.

Bular mo‘minni gunohlardan poklaydi. Shuning uchun bu oyatda ikki xislat jamlangan:
- Adolat — har bir amal hisobga olinadi.
- Rahmat — Alloh bandasini dunyoda poklab turadi.

Yana ulamolar aytadilar:
Niso surasi insonni ikki qanot bilan qo‘llaydi:
- Xavf (qo‘rquv).
- Rajo (umid).
Shuning uchun bu sura mo‘minning qalbini tarbiya qiladigan eng ta’sirli suralardan biri.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Maqolalar