Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا عباس الدوري نا أبو الجواب الأحوص بن جواب نا سليمان بن قرم عن الأعمش عن أبي وائل عن عبد الله قال: قال النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”لا يحل لمسلم أن يهجر أخاه فوق ثلاث.“
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Musulmon kishiga birodari bilan uch kundan ortiq arazlashib yurish halol emas”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
Xayrli ish boshlanganda, deylik, biror imorat qurishga kirishilganda "Hormang" deyish – xalqimizga xos qadim qadriyat. Ana shu qadriyat bugun yanada sayqal topib, ezgu an’anaga aylandi.
Bugun Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov hamda bosh imom o‘rinbosari Obidjon domla Mirhamidov Bo‘stonliq tumanida qurilishi davom etayotgan «Imomi A’zam», «Doniyor ibn Ozod», «Xo‘jaxonto‘ra», «Sari Qangli», «Qumursqa ota», «Qoravoy ota», «Jomboy», «Masat ota», «Sayitboy o‘g‘li Vali Xalfa» va «Humson» jome masjidlari binolarini ko‘zdan kechirdi.
Shu bilan birga, mazkur masjidlar ma’muriyatiga, ustalarga, quruvchilarga o‘zlarining zarur tavsiya va maslahatlarini berdilar hamda xayrli duolar qildilar.
Alloh taolo O‘z baytini tez orada mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirilishishi nasib qilsin.
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati