Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2026   |   14 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:25
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:28
Bismillah
27 Avgust, 2026, 14 Rabi`ul avval, 1448
Maqolalar

"Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" oyatining tafsiri

23.10.2025   6166   1 min.

Imom Bayhaqiy rohimahulloh Fotir surasining "Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" 10-oyati haqida shunday deganlar:
 “Xush kalomlar va sadaqaning ko‘tarilishi ularning (Alloh tomonidan) qabul bo‘lganiga ishoradir. Farishtalarning yuksalishidan esa osmondagi manzillariga ko‘tarilishlari nazarda tutilgan. Ammo, “Allohga ko‘tarilish” degan ma’noning bu o‘rindagi ta’biri salaf solihlar tomonidan tafviz qilish bilan bo‘lsa, ulardan keyin kelgan imomlar tomonidan ta’vil qilish bilan bo‘ladi."
 Ibn Battol rohimahulloh aytadilar:
 “Mana shu bobda Imom Buxoriyning maqsadlari (mutashobih) oyat va hadislarining zohirini oladigan mujassima jahmiyalarga raddiya berish bo‘lgan. Alloh taolo jism emasligi aniq bo‘ldi, demak u biror makonga o‘rnashib olishga ham muhtoj bo‘lmaydi. Zero, Alloh  biror makon bo‘lmagan paytda ham  bo‘lgan. Alloh taolo farishtalarning ko‘tarilishini O‘ziga nisbat berishi bu ishni sharafli ekaniga dalolat qiladi. Demak, Unga ko‘tarilishlikning ma’nosi Allohni makondan poklagan holda, darajasini ulug‘lash bo‘ladi”.

Rustam Oxunjonov  "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus

islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi

Manba: @ahnafuz

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

14.08.2026   38305   1 min.
Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida    «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati