Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Oktabr, 2025   |   8 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:52
Peshin
12:12
Asr
15:39
Shom
17:25
Xufton
18:38
Bismillah
30 Oktabr, 2025, 8 Jumadul avval, 1447
Yangiliklar

24.10.2025   1874   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Imomdan kechroq salom bersam, namozim buziladimi?

29.10.2025   4706   1 min.
Imomdan kechroq salom bersam, namozim buziladimi?

Savol: Men yaqinda namoz boshlaganim uchun attahiyot va salovatlarni sekin o‘qiyman. Masjidda imom salom berganda men endi attahiyotni tugatgan edim. Imom salomidan keyin salovatlarni o‘qib keyin salom berdim. Namozim buzilmaganmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Aslida bunday holatda attahiyotdan keyin salom berishingiz kerak edi. Chunki imomga ergashish vojib, salavotni o‘qish esa sunnat amaldir. Vojib sunnatdan yuqori turgani uchun sunnat tark etilib, vojibga amal qilinadi.

Salavotni o‘qib, keyin salom berganingiz uchun namozingiz buzilmagan, ammo keyingi namozlarda yuqoridagi hukmga amal qiling. Chunki vojib amallarda imomga kechikmay ergashish ham vojib sanalib, bunga amal qilmaslik gunohkorlikka olib keladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.