Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+)

28.10.2025   137385   1 min.
Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+)

Ayni paytda navbatdagi guruh ziyoratchilarimiz Makkai mukarramada Ka’batulloh tavofi, besh vaqt va nafal namozlar bilan bir qatorda Arafot, Nur, Savr tog‘lari hamda Mino, Muzdalifa vodiylari kabi muborak qadamjolar ziyorati bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. 
 

Xuddi shunday Madinai munavvarada ham hamyurtlarimiz Uhud tog‘i va Qubo masjidlari ziyorati bilan birga Ravzai sharif ziyorati, Masjidun Nabaviyda kundalik va nafl namozlarni ado etishda bardavom bo‘lishgan edi. 


Allohning mehmonlari safar davomida ehtirom qilinmoqda. Ziyoratchilarni O‘zbekistondan muborak diyorga kuzatish, Jidda aeroporti va Madinadagi 5 yulduzli Pulman Zam-zam hamda Makkai mukarramadagi Al-Ayyam elit mehmonxonalarida munosib kutib olinmoqda. 


Alloh taolo ziyoratchilarimizning ibodatlarini qabul etsin, barchamizga Baytulloh yonida duo qilish nasib etsin!  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+) Umra safari mazmunli o‘tmoqda (foto+)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malayziya telekanalida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari keng yoritildi

17.08.2026   32153   2 min.
Malayziya telekanalida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari keng yoritildi

Malayziyaning “Berita RTM” telekanalida O‘zbekistonda ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus dastur namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda malayziyalik professorlar – Badrul Isa va Norfadilah Kamaruddin tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston–Malayziya: kreativ turizm” nomli loyiha taqdim etildi.

Olimlar tashabbusi bilan yaratilgan mazkur loyiha mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi, Turizm qo‘mitasi va Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida amalga oshirildi.

Tashabbus O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqida “Visual storytelling” formatida professional raqamli kontent yaratishni nazarda tutadi.

Loyihaga ko‘ra, 17–31 avgust kunlari Malayziya UiTM texnologiya universitetining professional fotograflari va dizaynerlaridan iborat ijodiy jamoa Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazmda suratga olish ishlarini olib boradi.

Malayziyalik ijodkorlar yurtimiz haqida tayyorlagan foto va videomateriallar “Instagram”, “Facebook”, “TikTok”, “YouTube” kabi internet platformalarda joylashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihada yurtimiz oliy o‘quv yurtlarining dizayn, san’at, turizm va mehmonxona biznesi yo‘nalishidagi talabalari ham ishtirok etadi. Bu akademik, turizm va ijodiy sohalarda tajriba almashishni tashkil etish imkonini beradi.

Dasturda fikr bildirgan Badrul Isa loyiha ASЕAN mamlakatlari va musulmon olamida O‘zbekistonni yanada kengroq tanitishga xizmat qilishini ta’kidladi. Uning fikricha, raqamli platformalar orqali mamlakatimiz tarixiy merosi, ziyorat turizmi va amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlari keng yoritiladi.

“Biz boy tarixiy meros, yuksak madaniyat va mehmondo‘st xalqqa ega bo‘lgan O‘zbekistonni ASЕAN mintaqasi aholisi tomonidan qayta kashf etilishini istaymiz”, – dedi professor.

Shuningdek, u O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklab, loyiha natijalari ushbu sanaga munosib sovg‘a bo‘lishini qayd etdi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonning ziyorat turizmini ommalashtirish va ASЕAN mamlakatlaridan ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari