Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Muoz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki taom yeb, so‘ngra
الحَمْدُ للهِ الَّذِي أَطْعَمَنِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلاَ قُوَّةٍ
«Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy vala quvvatin», deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar».
Ma’nosi: «Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd bo‘lsin».
Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
Aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda ularning ezgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Shu yil 23 sentyabr kuni Diniy idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Muloqotlarda masjidlar va imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, umra ziyorati va boshqa masalalarda batafsil tushuntirishlar berildi. Zaruriy ehtiyojmand murojaatchilarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, kelganlar orasida xayrli duo va maslahat olish niyatidagi yurtdoshlarimiz ham bo‘ldi.
Ko‘rsatilgan alohida e’tibor va muammolariga yechim topilganidan mamnun bo‘lganlar minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi.
Ma’lumot o‘rnida, aholi murojaatlarini tinglashga qaratilgan bu kabi ochiq qabullar har chorshanba kuni Diniy idoraning hududiy vakilliklari va barcha jome masjidlarda imom-xatiblar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati