"Hazrat Ali" jome masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Sharipov
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari, shuningdek, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
Shu bilan birga, bitiruvchi talabalarni kelgusida hududlarda munosib faoliyat bilan ta’minlash, ularning ilmiy va amaliy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida homiylar ko‘magida faol va iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati