Bismillahir Rohmanir Rohiym
Allohim, bizga Qur’on sevgisini, Qur’on fazlini, Qur’on nurini, Qur’on sakiynatini, Qur’on shifosini, Qur’on barakasini, Qur’on rahmatini, Qur’on hidoyatini, Qur’on ilmini, Qur’on fahmini, Qur’on rif’at, oliyligini, Qur’on odobini, Qur’on boylik, behojatligini, Qur’on najotini va Qur’ondagi narsaga amal qilishni nasib et!
Allohim, bizni Qur’on bilan tiriltir, hayot ber, Qur’on bilan vafot ettir, Qur’on ustida qayta tiriltir! Qur’onni bizga shafoatchi qil va bizni jannatga Qur’on bilan kiritgin!
#Mir_Arab_oliy_madrasasi
#Tasavvuf #Ma’rifat #Ilm
Mir Arab oliy madrasasida talabalarga tasavvuf ilmi, uning ma’naviy-axloqiy asoslari va boy ilmiy merosini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiluvchi maxsus «Tasavvuf» xonasi tashkil etildi.
Xona tasavvuf ta’limotiga oid ko‘rgazmali ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlar hamda tarixiy-ma’rifiy materiallar bilan jihozlangan.
Xususan, unda Xojagon–Naqshbandiylik tariqatining oltin silsilasi shajarasi, Buxoroi Sharifning yetti piri, tasavvufga oid muhim tushunchalar, ta’riflar va mashhur asarlar haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Bu xona talabalar uchun oddiy darsxona emas, balki ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan tasavvufiy tafakkur, odob-axloq, qalb tarbiyasi va ma’naviy kamolotga oid bilimlarni o‘rganishga mo‘ljallangan ma’rifiy muhitdir.
Mir Arab oliy madrasasida bunday ixtisoslashtirilgan xonalarning tashkil etilishi nazariy bilimlarni ko‘rgazmali manbalar bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va boy ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
Mirarab.uz