Bismillahir Rohmanir Rohiym
Allohim, bizga Qur’on sevgisini, Qur’on fazlini, Qur’on nurini, Qur’on sakiynatini, Qur’on shifosini, Qur’on barakasini, Qur’on rahmatini, Qur’on hidoyatini, Qur’on ilmini, Qur’on fahmini, Qur’on rif’at, oliyligini, Qur’on odobini, Qur’on boylik, behojatligini, Qur’on najotini va Qur’ondagi narsaga amal qilishni nasib et!
Allohim, bizni Qur’on bilan tiriltir, hayot ber, Qur’on bilan vafot ettir, Qur’on ustida qayta tiriltir! Qur’onni bizga shafoatchi qil va bizni jannatga Qur’on bilan kiritgin!
Joriy yilning 19 sentyabr kuni Buxoro davlat texnika universitetida «Naqshbandiylik an’anasi: Islomda tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi o‘rni» mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, islomshunos tadqiqotchilar hamda din arboblari ishtirok etib, Naqshbandiya tariqatining ma’naviy ildizlari, uning jamiyatda tinchlikparvarlik, ahillik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashdagi o‘rni xususida ma’ruzalar qildilar.
Shuningdek, tadbir davomida «Bahouddin Naqshband» ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan yangi kitob va ilmiy nashrlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ikki yalpi qismda tashkil etilgan konferensiya doirasida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatov hamda bir qator mutaxassislarning ushbu ta’limotning bugungi kundagi ahamiyatiga doir mulohaza va fikr-mulohazalari tinglandi.
Ishtirokchilar ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati