Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyun, 2026   |   27 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
14 Iyun, 2026, 27 Zulhijja, 1447

Kechinma

04.11.2025   8022   1 min.
Kechinma

Qizim sen katta bo‘layotganingdan emas, balki tezda ulg‘ayib, boshqa bir xonadonga kelin bo‘lib ketishingdan, seni har kuni ko‘ra olmaslikdan ichimda bir xavotirmi, sog‘inchmi – nimadir bor. Axir kechagina go‘dak eding, bugun qizaloqqa aylanding. Ertaga...
 

Har kuni so‘zlaring ravonlashib, fikrlashing teran bo‘lmoqda. Qizim, sen ulg‘ayganing sayin mening ko‘nglim kichrayib bormoqda. Sen bilan ko‘proq vaqtimni o‘tkaza olmayapman...


Qizim, men o‘rgatolmaganimni hayotdan o‘rganasan. Shuni bilginki, ota qiziga tanbeh bersa, bu uning qizini yomon ko‘rishini anglatmaydi. Otalar qizlarini juda yaxshi ko‘rishadi. Jim turganida ham qizining kelajagi haqida o‘ylayotgan bo‘ladi.


Ota shodlansa, buning sababi ko‘proq farzandlarining yutug‘i bo‘ladi. Otaning sha’ni – borlig‘i qizi bilan bog‘liq bo‘ladi.


Balog‘atga yetishing, munosib juftingni topib, ummatga, millatga xizmat qiladigan farzandlarga ona bo‘lishingni tilayman!


Bilginki, necha yoshga kirsang ham men seni xuddi hozirgiday yaxshi ko‘raman! Menga seni ne’mat qilib bergan Zotga omonat bo‘l, qizim.

 

Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar

Kishi do‘stining dinidadir

10.06.2026   6315   1 min.
Kishi do‘stining dinidadir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kishi o‘z do‘stining dinidadir. Bas, kim bilan do‘stlashayotganiga qarasin" (Imom Buxoriy rivoyati).

Kichik daraxt yonidagi daraxtga o‘xshab o‘sadi. Inson esa do‘stiga qarab shakllanadi.