Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

12.11.2025   168270   1 min.
Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

Bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi  raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Diniy idorada bo‘lib o‘tgan tadbirda nishonni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ulug‘bek Muhamedov topshirdi.

Ulug‘bek Muhamedov o‘z so‘zida davlatimiz Rahbari tashabbuslari asosida olib borilayotgan yangilanishlar va inson qadrini yuksaltirishdagi sa’y-harakatlarga hamohang tarzda sakkiz millionlik a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham samarali faoliyat olib borayotganini aytib o‘tdi. Ayni paytda, bu ishlarda diniy soha xodimlari ham faol ishtirok etayotgani davlat miqyosida e’tirof qilinayotgani, Muftiy hazratlari boshchiligida keyingi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar e’tirofining ramziy ifodasi o‘laroq O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham ushbu esdalik nishonni taqdim etayotganini ta’kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Muftiy hazratlarini esdalik nishoni va barchani kasaba uyushmasi xodimlari bayrami bilan qutladi. Shuningdek, diniy jabhaga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va e’tiroflarga javoban har bir soha xodimi yanada mas’uliyat va shijoat bilan ishlashi, millat va din ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi kerakligini eslatib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar ijrosini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgan, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida ibratli faoliyat olib borayotganlarga taqdim etiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Muftiy hazratlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   2002   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari