Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

14.11.2025   12351   1 min.
Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Kecha, 13 noyabr kuni Namangan shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatiblari hamda rasmiy otinoyilar ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey bandalarim...» Bir qudsiy hadis sharhi, «Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi», «Yoshlarga nasihatim»,  hamda Norin tumani G‘oyib Buva jome masjidi imom-noibi Ikrom Muhammad Umarning «Baraka sirlari» nomli kitoblari taqdimoti  o‘tkazildi. 
Kitob taqdimotida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov tomonidan ushbu asarlar ayni damda juda dolzarb ekanligi, bu kitoblardagi mavzular dinimizning asoslari, hukmlar, odoblari haqida hadislardan olinadigan hikmat va foydalar haqida keng ma’lumotlar berilganligini ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ushbu kitoblar mutolaasida, keng ommaga jonli, ta’sirchan yetkazishda viloyatdagi barcha diniy soha xodimlar faol bo‘lishlari, dinimizni to‘g‘ri tushunishlikda xalqimizga foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, dushanba va payshanba kunlaridagi masjidlarda olib borilayotgan mav’izalarda mutolaasini doimiy monitoring qilib borilayotganiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Diniy soha xodimlarining kasb-mahoratlarini oshirishlikda yangi chop etilgan kitoblar barcha yig‘ilganlar uchun yanada foydali ekanligini so‘zga chiqqan hamkasblar ham e’tirof etishdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi Kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

15.09.2026   2285   1 min.
Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.


Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi
O'zbekiston yangiliklari