Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2026   |   5 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2026, 5 Zulqa`da, 1447
Videolar

KITOB – MA’NAVIYAT SARCHASHMASI

17.11.2025   8906   1 min.

Ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo‘lib yetishishning birdan-bir yo‘li – bu kitob mutolaasi. Inson kamoloti manbai ham kitobdir.  Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma kishilarning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o‘stirib, xotirasini mustahkamlaydi. Ana shunday asarlardan biri Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tasnif etgan «EY BANDALARIM... Bir qudsiy hadis sharhi» kitobidir.

Shu yilning 13 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi tomonidan tashkillashtirilgan «EY BANDALARIM... Bir qudsiy hadis sharhi» kitobi taqdimoti juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Allohning borligiga dalillar bisyor

22.04.2026   4765   2 min.
Allohning borligiga dalillar bisyor

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Barmoq izlarimiz boshqalarning barmoq iziga o‘xshamasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Garchi dunyoda milliardlab insonlar bo‘lsa ham birining barmoq izi boshqasinikidan farq qiladi.

Shuningdek, har bir insonda o‘ziga xos hid bo‘ladi. Biz uni oddiy hid bilish qobiliyatimiz bilan ajrata olmaymiz. Lekin iskovich itlar bir insonning hidini minglab odamlar ichidan ajrata oladi.

Bundan tashqari insonning ovozi ham har kimniki o‘ziga xos bo‘ladi. Buni bugungi kun ilm-fan isbotlagan. Hatto insonning og‘iz bo‘shlig‘i ham boshqasinikiga o‘xshamas ekan. Alloh taolo qiyomat kunida har kimni o‘z suratida qayta tiriltirishini eslatish uchun bunday mo‘jizalarni bizga ko‘rsatib qo‘ygan.

Inson o‘zining farzandlariga mehr berishda ham adolatli qilib yaratilgan. Misol uchun, ota kichik farzandlarini kattasiga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘radi. Nima uchun? Chunki otaning yoshi o‘tgani sayin katta farzandlari kichigiga nisbatan baribir ko‘proq mehr ko‘rgan bo‘laveradi. Bu tengsizlikni to‘g‘rilash uchun ham ota farzandlariga mehr ko‘rsatishda adolat qilishga moyil qilib qo‘yilgan.

Shu o‘rinda yuqorida kelgan oyatni yana bir bor eslasak: “O‘zingizda ham (oyat mo‘jizalar bor)”.

Oyati karimada aytilganidek Allohning borligini, adolatning bor bo‘lishi kerakligini inson tabiiy his qila oladi. Alloh taolo bunday degan:

﴿فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا﴾

“Unga (nafsga) gunohlarini ham, taqvosini ham ko‘rsatib qo‘ydi” (Shams surasi, 8-oyat).

Nafs yaxshilik bilan yomonlikni ajrata olmaydi. Balki Alloh bildirgan narsanigina biladi. Allohning bildirishi esa tabiiy ravishda yaxshi va yomonni ajrata oladigan qilib qo‘yganligidir.

Faqatgina inson emas, borliqdagi barcha narsada Allohning borligiga dalillar bisyor.
 

Shayx Muhammad Mutavalli Sha’roviy rahimahullohning
"Allohning borligiga aqliy dalillar" kitobidan