Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

18.11.2025   13715   1 min.
Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim” nomli yangi kitobiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur ma’rifiy anjumanda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, shuningdek Urgut tumanida xizmat qilayotgan imom-xatiblar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Xayrullo domla Sattarov Muftiy hazratlarining ushbu asari haqida batafsil ma’lumot berdi. U kishining ta’kidlashicha, “Ey bandalarim” kitobi qalb tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va insonning islamiy axloq-odobini yuksaltirishga qaratilgan muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, asarning o‘ziga xos mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va o‘quvchiga beradigan ruhiy ta’siri haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taqdimot ma’rifiy muloqotlar va kitob atrofidagi fikr almashinuvlar bilan davom etdi.

Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Samarqandda “Ey bandalarim” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

27.08.2026   47716   1 min.
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

26 avgust kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumning “Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmun-mohiyati” mavzusidagi uchinchi yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Sessiya doirasida Qur’oni karim merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, islom xattotligi, hujjatli kino hamda tarixiy manbalarni o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan xalqaro loyihalar taqdim etildi.

Xususan, “114 Qur’on: islom olami xattotligining 114 durdonasi”, “Katta Langar Qur’oni: haqiqat va afsonalar”, “Allohning 99 ismi: Uning go‘zal ismlari orqali Yaratganni anglash”, “Sun’iy intellekt – qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti” loyihalari hamda “Yagona tarixiy meros sahifalari” loyihasi doirasida yaratilgan “Masjid” hujjatli filmi namoyish etildi.

Xalqaro muhokamalarda Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Jazoir, O‘mon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, islomofobiya va mavjud stereotiplarni bartaraf etishda medianing o‘rni haqida fikr almashdi.

Sessiya yakunida turli mamlakatlar va xattotlik maktablarining an’analarini birlashtiruvchi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha Xattotlar umumjahon tanlovi e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro mediaforumning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilib, unda qariyb 50 mamlakatdan media va ekspert hamjamiyatining 300 nafarga yaqin vakili — media kompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari