Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Imkoniyati cheklanganlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat

19.11.2025   9693   1 min.
Imkoniyati cheklanganlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat

Buxoro shahar «Abu Bakr as-Siddiq» jome’ masjidida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda imom-xatib Orif domla To‘qsonov ishtirok etdi.

Gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan ushbu suhbat «G‘iybatdan saqlanaylik» mavzusiga bag‘ishlandi.

Suhbat davomida ishtirokchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid savollarga atroflicha javob oldilar. Barcha suhbatlar malakali surdo tarjimon orqali yetkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga homiylar ko‘magida hadiyalar ulashildi.

Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom, mukofotli va manfaatli qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Imkoniyati cheklanganlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   10168   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari