Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2026   |   3 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:49
Bismillah
16 Avgust, 2026, 3 Rabi`ul avval, 1448

Hijrat va uning mohiyati

26.03.2023   3390   2 min.
Hijrat va uning mohiyati

Yurtini, ota-onani tashlab, o'zga ellarda sarson-sargardon yurish, o'zi kabi manqurt shaxslar bilan birlashib, kindik qoni to'kilgan yurtiga qarshi qurol ko'tarish Islom dini ta'limotiga zid ish hisoblanadi. U gazandalarning maqsadi islom dinini rivojlantirish emas balki, muqaddas dinimizni nomini bulg'ab yomonotliq qilish. Tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan davlatlarda notinchliklarni keltirib chiqarib, yangi-yangi urush o'choqlarini tashkil qilish va o'sha davlatlar fuqarolarini qul qilib, boyliklarini talon-taroj qilib olib chiqib ketishlikdir.

Bunday soxta da'volarning puch ekanini tasdiqlash va aholini xususan, yoshlarni ulardan asrash maqsadida ushbu tushunchalarga izoh berib o'tsak.

“Hijrat” so'zi lug'atda biror narsadan ajrash. Shariatda esa, Payg'ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi vasalam)ning Makkani tark etib, Madinaga borishiga aytiladi. Diniy ekstremistik oqim etakchilari ayniqsa, o'zlariga turli islomiy nom qo'yib olgan bir to'da g'alamislar tinch davlatda yashab kelayotgan yoshlarni jangarilarning lagerlariga jo'natib, “hijrat qilmagan dindan chiqadi, hijrat uchun musulmonga ota-onaning ruxsati shart emas”, kabi soxta iddaolar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni aldamoqda.

Abu Usmon Mujoshi' ibn Ma'sud rivoyat qilgan hadisda aytiladi: Rasululloh (sallallohu alayhi vasalam):

ya'ni: “Makka fathidan keyin hijrat yo'q…”, dedilar ”.

“Hijrat” haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Rasululloh (sallallohu alayhi vasalam) aytganlar: “Qo'li va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Hudo yo'lida hijrat qilgan kishidir”, deyiladi.

Hulosa ornida shuni aytish kerakki yuqoridagi dalillardan O'zbekistondek tinch ibodatlar emin-erkin kilinadiganmusulmonobod mamlakatimizdan “hijrat” qilinmasligi haqidagi qat'iy xulosa kelib chiqadi.

Ro'zimuxammedov Sardorbek
Mir Arab oliy madrasasi
 talabasi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

14.08.2026   18528   1 min.
YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibiyati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda mahalla bilan bog‘liq madaniy an’ana va urf-odatlar, ularni xalqaro darajada targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi.

YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibi Fumiko Oxinata va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun mas’ul dastur mutaxassisi Nikolas Tan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari mahallaning ko‘p asrlik tarixi, uning jamiyat hayotidagi alohida o‘rni va milliy an’analarni saqlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda mahalla O‘zbekiston xalqi turmush tarzining ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. U insonlarni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, hamjihatlik va katta avlod vakillariga hurmat tamoyillari asosida birlashtiradi.

YUNЕSKO Kotibiyati vakillari taqdim etilgan materiallarga katta qiziqish bildirdi. Ular O‘zbekistonda mahalla bilan bog‘liq shakllangan jamoat hayoti tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tirof etdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilishdagi roli alohida qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek mahalla tizimi tajribasi YUNЕSKO Kotibiyati mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari