Yurtini, ota-onani tashlab, o'zga ellarda sarson-sargardon yurish, o'zi kabi manqurt shaxslar bilan birlashib, kindik qoni to'kilgan yurtiga qarshi qurol ko'tarish Islom dini ta'limotiga zid ish hisoblanadi. U gazandalarning maqsadi islom dinini rivojlantirish emas balki, muqaddas dinimizni nomini bulg'ab yomonotliq qilish. Tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan davlatlarda notinchliklarni keltirib chiqarib, yangi-yangi urush o'choqlarini tashkil qilish va o'sha davlatlar fuqarolarini qul qilib, boyliklarini talon-taroj qilib olib chiqib ketishlikdir.
Bunday soxta da'volarning puch ekanini tasdiqlash va aholini xususan, yoshlarni ulardan asrash maqsadida ushbu tushunchalarga izoh berib o'tsak.
“Hijrat” so'zi lug'atda biror narsadan ajrash. Shariatda esa, Payg'ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi vasalam)ning Makkani tark etib, Madinaga borishiga aytiladi. Diniy ekstremistik oqim etakchilari ayniqsa, o'zlariga turli islomiy nom qo'yib olgan bir to'da g'alamislar tinch davlatda yashab kelayotgan yoshlarni jangarilarning lagerlariga jo'natib, “hijrat qilmagan dindan chiqadi, hijrat uchun musulmonga ota-onaning ruxsati shart emas”, kabi soxta iddaolar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni aldamoqda.
Abu Usmon Mujoshi' ibn Ma'sud rivoyat qilgan hadisda aytiladi: Rasululloh (sallallohu alayhi vasalam):
ya'ni: “Makka fathidan keyin hijrat yo'q…”, dedilar ”.
“Hijrat” haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Rasululloh (sallallohu alayhi vasalam) aytganlar: “Qo'li va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Hudo yo'lida hijrat qilgan kishidir”, deyiladi.
Hulosa ornida shuni aytish kerakki yuqoridagi dalillardan O'zbekistondek tinch ibodatlar emin-erkin kilinadiganmusulmonobod mamlakatimizdan “hijrat” qilinmasligi haqidagi qat'iy xulosa kelib chiqadi.
Ro'zimuxammedov Sardorbek
Mir Arab oliy madrasasi talabasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov boshchiligida Diniy idoraning bir guruh vakillari Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Qatar mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashdi.
O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniy sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda Qatar Davlati keng qamrovli taraqqiyot borasida sifat jihatdan ulkan o‘zgarishlarga erishdi hamda strategik rejalashtirish va zamonaviy iqtisodiy boshqaruv sohalarida o‘rnak bo‘ladigan mamlakatga aylandi.
Bu yilgi bayramni Qatar davlati va uning fuqarolari "Qatar sizlar bilan yuksaladi va sizlardan kutadi" shiori ostida nishonlamoqda. Bu shior ham Qatar davlati amirining so‘zlaridan olingan. Qatar Milliy 2030 Rivojlanish Strategiyasi esa insonni taraqqiyot markaziga qo‘yib, uni oliy maqsad sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Qatar elchixonasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga bir qator kitoblar sovg‘a qilingan, o‘z navbatida mehmonlarga Markaz tomonidan Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi tuhfa etilgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati