Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2026   |   27 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:39
Xufton
21:06
Bismillah
15 May, 2026, 27 Zulqa`da, 1447

Ulug‘lar vasila qilinsa...

28.11.2025   9166   1 min.
Ulug‘lar vasila qilinsa...

“Abu Ali G‘assoniy aytadi: Abu Fath Nasr ibn Hasan Sakatiy Samarqandiy hijriy 464 (milodiy 1072) yili bizning huzurimizga keldi. Bir necha yillardan beri Samarqandda qurg‘oqchilik hukm surardi. Odamlar qayta-qayta istisqo qilib, Allohga duo-iltijo etsalar ham, yomg‘ir yog‘mayotgandi. Shunda taqvodorligi bilan tanilgan bir solih kishi Samarqand qozisining oldiga borib:

– Menda bir taklif bor, – dedi.

– Qanday fikr ekan? – so‘radi qozi.

– Siz boshchiligingizda Imom Muhammad Ismoil Buxoriyning qabri yoniga jamoat bilan borib, u zotni vasila qilgan holda Allohga iltijo qilsak. Shoyad, Alloh bizga yomg‘ir yog‘dirsa", dedi.

Qoziga bu taklif ma’qul bo‘lib, odamlar to‘planib, qabr sohibi Imom Buxoriyni o‘rtaga qo‘yib Allohga yig‘lab iltijo qilishdi. Va nihoyat, Alloh taolo ularga yomg‘irni yubordi. Bir hafta davomida tinimsiz yomg‘ir yog‘di. Odamlar yomg‘ir tinishini kutib bir hafta Xartangda qolib ketishdi”.

Imom Zahabiyning

“Siyari a’lom an-nubala” asaridan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jannatdan tushgan tosh

15.05.2026   1835   1 min.
Jannatdan tushgan tosh

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hajari asvad jannatdan tushdi. U sutdanda oppoq edi. Bas, uni odam bolasining xatolari qoraytirdi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Foyda: Qora toshda gunohlarni tortib olish xususiyati mavjuddir.