Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

02.12.2025   565   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bani Isroil haqida gapirish

01.12.2025   2621   1 min.
Bani Isroil haqida gapirish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Bir hadisda “Bani isroil haqida gapiringlar”, deyilgan ekan. Shu so‘zning ma’nosini tushuntirib bersangiz. Ayrim ma’ruzalarda Muso alayhissalom, Bani Isroil haqida aytilayotgan gaplar shu hadisga tushadimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur hadisi sharifning to‘lig‘ini quyidagicha:

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

بَلِّغُوا عَنِّي ولو آيَةً وَحَدِّثُوا عن بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ وَمَن كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ.

“Mendan bir oyat bo‘lsa ham yetkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini tayyorlayversin, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Mazkur hadisi sharifni sharhlagan ulamolar, “Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q”, degan ibora borasida turli gaplarni aytganlar.

Ko‘pchilik ulamolar bu ibora Bani Isroil haqida Qur’oni karim va hadisi shariflarda zikr qilingan qissalarni aytsangizlar bo‘ladi, degan ma’noda deyishgan. Chunki bunda odamlar uchun ibrat va va’z-nasihatlar bor.

Shuningdek, sahihligi borasida aniq hukm aytilmagan, lekin insonlarni yaxshilikka targ‘ib qiladigan rivoyatlarni gapirish ham mumkin. Ammo ulardagi Islom shariatiga zid kelgan shar’iy hukmlarni aytish mumkin emas, chunki avvalgi shariatlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kelishlari bilan bekor bo‘lib, amaldan qolgan.

Shuningdek, ular haqidagi to‘qimaligi, yolg‘on ekani aniq bo‘lgan gaplarni ham aytish joiz emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi