Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Avgust, 2026   |   27 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:27
Peshin
12:30
Asr
17:25
Shom
19:33
Xufton
21:02
Bismillah
10 Avgust, 2026, 27 Safar, 1448

Qur'onni tahoratsiz ushlash mumkinmi?

11.01.2024   5957   5 min.
Qur'onni tahoratsiz ushlash mumkinmi?

Cavol: Ayol kishiman, uzrli kunlarimda Qur'oni karimni o'qiy olmasligimni bilaman. Lekin uni ushlashim, o'pib ko'zimga surishim mumkinmi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Yo'q unday qilib bo'lmaydi. Chunki tahoratsiz kishilar, hayz ko'rgan ayollar, junub bo'lganlar Qur'oni karim kitobini, Qur'on oyatlari yozilgan qog'oz, tanga yoki suvinerlarni ushlashlari joiz emas. Zero, Qur'oni karim Alloh taoloning kalomidir. Uni pokiza holda ushlash bilan ham unga hurmat va ta'zim ifoda qilinadi.

Hakim ibn Hizom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Yamanga yuborayotganlarida Qur'oni karimni faqatgina pok holingda ushlagin – degan edilar” (ImomHokimMustadrakkitoblaridarivoyatqilganvabuhadisnisahihdeganlar).

Vatandoshimiz alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh ham ayni shu ma'noda aytadilar: “Qur'oni karimni tahoratsiz ushlash mumkin emasligiga bizning dalilimiz Alloh taoloning mana bu oyati, ya'ni Uni (Qur'onni) tahoratlikishilardano'zgalarushlamaslar(Voqeasurasi 79-oyat) va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Qur'onnifaqatpokinsonginaushlaydi”, degan hadislaridir.

Qolaversa, Qur'oni ulug'lash vojibdir, mushafni (Qur'oni karim kitobini) nopok qo'l bilan ushlash esa uni ulug'lash emas” (“Bado'iussanoi'kitobi).

Yana bir mo''tabar manba, Imom Marg'inoniy rahimahullohning “Hidoya” asarida ham shunday deyiladi:

“Hayz yoki nifos ko'rayotgan, junub bo'lganlar mushafni faqat g'ilofi bilan, Qur'oni karimdan sura yoki oyatlar yozilgan tangalarni hamyon bilan ushlashlari mumkin. Tahoratsiz kishi ham mushafni g'ilof bilan ushlaydi”(“Hidoya” kitobi).

Shu o'rinda yana bir narsani ta'kidlash kerakki, nafaqat Qur'oni karim, balki Qur'onni boshqa tillarga qilingan tarjimalari, tafsirlarini ham nopok holda ushlash joiz emas. Fiqhiy manbaalardan Bahrur roiq kitobida:

“Agar Qur'oni karim fors tilida (shuningdek boshqa tillarda) yozilgan bo'lsa, junub kishi va hayz ko'rgan ayol uni ushlashi harom bo'ladi. Shu hukmga barcha ulamolar ijmo' qilganlar va shu gap sahihdir” – deyiladi.

Demak, tahoratsiz kishilar, hayz yoki nifos ko'rayotgan ayollar, junub bo'lganlar Qur'oni karimni g'ilofsiz ushlashlari yoki savolda so'ralganidek o'pib ko'zga surishlari joiz emas. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bog‘otda "Erali eshon bobo" masjidi yangi binosi ochildi (fotolavha)

05.08.2026   18232   1 min.
Bog‘otda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi "Erali eshon bobo" jome masjidi zamonaviy asosda qayta qurilib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. 
 

Masjidning ochilish tantanasida Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, viloyat va tuman bosh imom-xatiblari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Marosim Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, yangi masjidning el-yurtimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, aholi o‘rtasida ezgulik va ma’rifatni mustahkamlashga xizmat qilishini so‘rab duolar qilindi. Shuningdek, ushbu bunyodkorlik ishlariga hissa qo‘shgan saxovatpesha insonlar haqqiga ezgu tilaklar bildirildi.


Ma’lumot o‘rnida, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va zarur sharoitlar yaratilgan mazkur jome masjid bir vaqtning o‘zida 1000 nafar namozxonni qabul qilish sig‘imiga ega.


Alloh taolo ushbu muborak masjidni qiyomatga qadar Qur’on tilovati, ibodat va ma’rifat ziyosi taraladigan qutlug‘ dargohlardan qilsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda
O'zbekiston yangiliklari