Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Sentabr, 2026   |   29 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:38
Quyosh
05:59
Peshin
12:20
Asr
16:48
Shom
18:44
Xufton
20:00
Bismillah
11 Sentabr, 2026, 29 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

08.07.2025   6707   1 min.

Bugun, 8 dekabr kuni Makka shahridagi “Marmara” mehmonxonasida Bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ayni kunlarda Makkai mukarramada toatu ibodatlar bilan bo‘lib turgan 240 nafardan ziyod ziyoratchilarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Ishchi guruh vakillari ishtirok etdi.  

Mutasaddi vakillarimiz umra safarida bo‘lib turgan hamyurtlarimizni  qomusimiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etib, yurtimizda so‘nggi yillarda bo‘y ko‘rsatayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erkinlik ne’mati, uni asrab-avaylash va qadrlash barcha yurt farzandlarining burchi ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi.  

Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda keyingi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergani, jumladan, umra ziyorati bir necha yuz ming nafarga, Haj kvotasi esa 15 ming nafargacha oshirilgani, ularga xizmat ko‘rsatish, mavjud sharoitlar havas qiladigan darajaga ko‘tarilgani, bunga hozirda umra amalini ado etayotgan hamyurtlarimiz bevosita guvoh bo‘layotgani qayd etildi.  

Tadbirda ishtirokchilarni yaxshi tilak va duolar bilan qutlash barobarida bayram shirinliklari ham ulashildi. Ko‘taringki va samimiy ruhda o‘tgan tadbir ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.  

Alloh taolo yurtimizni tinch va farovon, xalqimizni xotirjam va baxtiyor aylasin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda ko‘zi ojiz bolajonlarga kuzgi kiyimlar ehson qilindi

10.09.2026   13053   1 min.
Buxoroda ko‘zi ojiz bolajonlarga kuzgi kiyimlar ehson qilindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.

Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari