Mishariy Xarroz rahimahulloh aytadilar:
"Noliyapsanmi?
Hovli-joying torlik qilyaptimi?
Yoki yashashing va turmushingdagi mushkulotlar ko‘pmi?
Yoki uyingdagi ehtiyojlaring tez tugab qolyaptimi?
Yoki oilang, ro‘zg‘oringda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?
U holda senga Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘qigan quyidagi duolarini dalolat qilaman. Uni tajriba qilib ko‘rib, shaxsiy hayotimda ajib ta’sirini ko‘rganman:
اللهم اغفر لي ذنبي ووسع لي في داري وبارك لي في رزقي
O‘qilishi: Allohummag‘firliy zanbiy, va vassi’ liy fiy dariy, va barik liy fiy rizqiy.
Ma’nosi: Allohim, gunohlarimni kechir. Hovlimni keng qil va rizqimga baraka ber.
Bunga rioya qilarkansan, tez orada uyingdagi holatni o‘zgarishini ko‘rasan, inshaalloh".
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.
Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati