Bismillahir Rohmanir Rohiym
Payg‘ambarimiz ﷺ dedilar: "Kim g‘azabini ichiga yutsa, garchi uni amalga oshirishga qodir bo‘la turib, o‘zini tiysa — Alloh uning qalbini xotirjamlik va iymon bilan to‘ldiradi".
Yana bir boshqa hadisda Nabiy ﷺ dedilar: "Kim g‘azabini ichiga yutib, uni amalga oshirishga qudrati yeta turib tiyib qolsa — Alloh taolo uni Qiyomat kuni butun maxluqotlar oldiga chorlab, qaysi hurni istasa, o‘shani tanlash ixtiyorini beradi".
Bir kishi Payg‘ambarimiz ﷺ huzurlariga kelib: "Yo Allohning Rasuli, menga nasihat qiling, ozroq ayting, shoyad aytganlaringizni eslab qolsam", dedi.
Shunda Payg‘ambarimiz ﷺ: "G‘azab qilma", dedilar. U kishi yana so‘radi. Rasululloh ﷺ yana: "G‘azab qilma", dedilar.