Qiyin vaziyatlarga tushib qolganda yordam beradigan odam bo‘lsa, bu siz uchun bebaho in’omdir. Biz ko‘pincha eng qiyin damlarda yonimizda qoladigan odamlarning borligini yoki qadrini sezmaymiz. Ular qo‘limizdan tutib, bizni qo‘llab-quvvatlab, o‘zimizga ishonmay qolsak ham, hammasi yaxshi bo‘lishiga bizni ishontirib, dalda bergan bo‘lishadi.
O‘zaro munosabatlarning haqiqiy kuchi aynan shunday paytlarda qiyin bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Demak, muhabbat nafaqat quvonchli damlarda birga quvonish, balki har qanday sinovdan o‘tishda yelkadosh bo‘lish, matonat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir. Bu so‘z bilan o‘lchanmaydigan, balki harakatlarda namoyon bo‘ladigan haqiqiy hissiyotdir. Xo‘sh, sizning ana shunday bebaho yaqinlaringiz bormi? Bor bo‘lsa, hayotdagi mayda muammolar oldida hecham g‘am yemang. Bilsangiz, siz eng baxtiyor bandalardan ekansiz!..
Akbarshoh Rasulov
Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Karimov va viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari N.Abdumannonov ishtirok etib, bu kabi musobaqalar soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Murosasiz kechgan bahslarda quyidagi polvonlar o‘z vazn toifalarida tengsiz deb topildi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar:
80 kg vaznda: 1-o‘rin – M.Hidoyatov (Bulung‘ur t.), 2-o‘rin – A.Yangiboyev (Qo‘shrabot t.), 3-o‘rin – Yu.Shodiyev (Tayloq t.).
+80 kg vaznda: 1-o‘rin – O.Saydullayev (Payariq t.), 2-o‘rin – H.Xudoyorov (Nurobod t.), 3-o‘rin – M.Toshpo‘latov (Ishtixon t.).
90 kg vaznda: 1-o‘rin – I.Xidirov (Jomboy t.), 2-o‘rin – O.Jumayev (Samarqand sh.), 3-o‘rin – R.Tursunov (Samarqand t.).
+90 kg vaznda: 1-o‘rin – M.Valiyev (Kattaqo‘rg‘on t.), 2-o‘rin – L.Xojiqurbonov (Pastdarg‘om t.), 3-o‘rin – J.Rajabov (Nurobod t.).
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar nafaqat jismoniy chiniqish, balki milliy qadriyatlarimiz va sport an’analarimizga bo‘lgan hurmatning yaqqol ifodasi bo‘ldi.
Sammuslim.uz