Sayt test holatida ishlamoqda!
12 May, 2026   |   24 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:08
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:02
Bismillah
12 May, 2026, 24 Zulqa`da, 1447
Maqolalar

Otam – davlatim!

07.01.2026   11780   1 min.
Otam – davlatim!

Otalarni bekorga “davlatim” demaymiz. Ular bor ekan, hayotda o‘z o‘rnimizni topamiz. Otalar biz yaxshi o‘qishimiz uchun qo‘llaridan nima kelsa, qiladi. O‘z oyoq kiyimlari yirtilib qolsa yamab kiyar, lekin bizga yangisini olib beradi. Ishlari yurishmay sal pul topishlari kamayib qolsa, siqiladi, lekin buni bizga bildirmaydi.

Bolaligimizda-chi! Biz yosh bola bo‘lib, “uni olib bering, buni olib bering”, desak, ko‘nglimizga qarashadi. Tirnoqlarimiz, sochlarimizni olib qo‘yadilar.

Halqimizda “Ota rozi – Xudo rozi”, degan maqol bor. Hayot bo‘lgan otalarimizni qadrlaylik, o‘tib ketgan bo‘lsalar, Alloh rahmat qilsin. Bir gap – ular hatto o‘tgan bo‘lsalar ham bizning davlatlarimiz ekan.  

Ey umrim javhari, davlatim otam,

Dillari quyoshdir, mehribon otam,

Sizga izdoshdirman to umrim qadar,

Boshimda doimiy soyabon otam.

 

Bu dunyo sinovli yolg‘onchi go‘yo,

O‘tgaydur umrlar misoli daryo,

Do‘st degan ulfatim bo‘lsa-da ammo,

Bo‘lolmas siz kabi qadrdon, otam.

 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Shanba kunlari Rasululloh ﷺ Qubo masjidiga borardilar

08.05.2026   8004   1 min.
Shanba kunlari Rasululloh ﷺ Qubo masjidiga borardilar

Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam har shanba Qubo masjidiga gohida ulovda, gohida piyoda kelib turar edilar” (Imom Buxoriy rivoyati).