Islom dini insonning zohiriy yoki moddiy holatiga emas, balki qalbi, niyati, odob-axloqi va ezgu amallariga qarab uning haqiqiy qadrini belgilaydi.
Zero, Qur’oni karim oyatlari, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlari va siyratlarida inson zotiga chuqur ehtirom va mehr-muruvvatning yorqin namunalarini ko‘ramiz…
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Inson qadri” kitobidan
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati