Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Samarqand imomlari uchun qiroat darslari boshlandi

13.01.2026   8600   1 min.
Samarqand imomlari uchun qiroat darslari boshlandi

Muftiy hazratlarining tashabbusi va ko‘rsatmalari asosida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar hamda imom-noiblar uchun qiroat fanidan maxsus o‘quv darslari tashkil etildi.


Mazkur mashg‘ulotlar Shayx Alijon qori rahbarligida tajribali ustozlar ishtirokida olib borilmoqda. Darslar davomida Qur’oni karimni to‘g‘ri, qoidalarga muvofiq va chiroyli qiroat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Jumladan, Shayx Alijon qorining shogirdlari — Eshqobilov Abdulbosit qori imom-xatiblarning qiroatini tinglab, ularga amaliy tavsiya va maslahatlar berib bormoqdalar.


Ushbu tajvid darslari imom-xatiblarning qiroat mahoratini oshirish, Qur’on tilovatini yanada mukammal o‘rganish hamda diniy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda. 

Sammuslim.uz


 

Samarqand imomlari uchun qiroat darslari boshlandi Samarqand imomlari uchun qiroat darslari boshlandi Samarqand imomlari uchun qiroat darslari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan ko‘cha rekonstruksiya qilinmoqda

14.08.2026   24329   1 min.
Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan ko‘cha rekonstruksiya qilinmoqda

Samarqandning tarixiy qismida turizm infratuzilmasini keng ko‘lamli yangilash ishlari davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy maqsadi xorijiy sayyohlarning qolish muddatini uzaytirish, qulay shahar muhitini yaratish va bir vaqtning o‘zida mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdan iborat.

“Samarkandskiy vestnik” nashriga ko‘ra, turizmni rivojlantirish dasturi doirasida eski shaharning 13 ta ko‘chasi bosqichma-bosqich zamonaviy piyodalar yo‘lagiga aylantirilmoqda. Bu yerda yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda, jamoat joylari obodonlashtirilmoqda, milliy me’morchilik an’analarini saqlab qolgan holda muhandislik kommunikatsiyalari va bino fasadlari yangilanmoqda.

Eng yirik loyihalardan biri Registon maydonini Imom al-Moturidiy maqbarasi bilan bog‘laydigan Buxoro ko‘chasini rekonstruksiya qilish bo‘ldi. Ko‘chaning 850 metr qismi to‘liq piyodalar hududiga aylantiriladi. Loyihani ishlab chiquvchilardan biri, Samarqand davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Jasur Berdiqulovning ta’kidlashicha, ilgari bu yerda qatnov qismining torligi tufayli muntazam ravishda tirbandliklar yuzaga kelgan, qulay piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi esa piyodalar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirgan. Ishlar yakunlangach, ko‘cha xavfsiz jamoat maydoniga aylanadi. Aholi uchun alohida to‘xtash joyi ajratilgan bo‘lib, transport vositalarining kirishiga faqat zarurat tug‘ilganda maxsus xizmatlarga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, suv, gaz, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlari to‘liq modernizatsiya qilinmoqda.

Oltin asr mahallasida joylashgan Bag‘dod ko‘chasida ham ishlar davom etmoqda. Bu yerda 600 metrlik hudud obodonlashtirilmoqda. Loyiha doirasida zamonaviy turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari