Mazkur mashg‘ulotlar Shayx Alijon qori rahbarligida tajribali ustozlar ishtirokida olib borilmoqda. Darslar davomida Qur’oni karimni to‘g‘ri, qoidalarga muvofiq va chiroyli qiroat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Shayx Alijon qorining shogirdlari — Eshqobilov Abdulbosit qori imom-xatiblarning qiroatini tinglab, ularga amaliy tavsiya va maslahatlar berib bormoqdalar.
Ushbu tajvid darslari imom-xatiblarning qiroat mahoratini oshirish, Qur’on tilovatini yanada mukammal o‘rganish hamda diniy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Sammuslim.uz
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Yangi o‘quv yili arafasida viloyatdagi imom-xatib va imom noiblari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlariga o‘quv qurollari olib berilmoqda.
Bu ezgu tashabbus bolajonlarga quvonch ulashish bilan birga, ularning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishiga ko‘maklashmoqda.
Mehr-oqibat va saxovat — xalqimizga xos ezgu qadriyatlar!
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati