Uchrashuvda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish joylari bilan ta’minlash hamda zarur mehnat sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yosh imom-xatiblar va imom-noiblar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda kelgusidagi xizmat faoliyatida mas’uliyat, sadoqat va doimiy ravishda bilim va malaka oshirib borish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv o‘zaro fikr almashuv hamda amaliy tavsiyalar bilan yakunlandi.
Sammuslim.uz
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati