Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Avgust, 2026   |   17 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:24
Asr
17:04
Shom
19:04
Xufton
20:23
Bismillah
30 Avgust, 2026, 17 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Islom ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv

13.01.2026   11645   1 min.
Islom ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv

Samarqand viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov hamda Nursultonxon domla Abdumannonovlar 2024–2025 o‘quv yilida islom ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan 28 nafar bitiruvchi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
 

Uchrashuvda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish joylari bilan ta’minlash hamda zarur mehnat sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, yosh imom-xatiblar va imom-noiblar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda kelgusidagi xizmat faoliyatida mas’uliyat, sadoqat va doimiy ravishda bilim va malaka oshirib borish muhim ekani alohida ta’kidlandi.


Uchrashuv o‘zaro fikr almashuv hamda amaliy tavsiyalar bilan yakunlandi.

Sammuslim.uz

 

Islom ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv Islom ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

20.08.2026   63641   1 min.
“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.

Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.

Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.

Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari